iPhone X'ni kutmasdan "Malika"dan iPhone 8 xarid qilish uchun 3 sabab

iPhone X'ni kutmasdan

Apple sentyabrda birato‘la 3 ta iPhone modelini taqdim qilgan edi. Hozircha kompaniya muxlislari qaysi bir ayfondan sotib olish masalasida bosh qotirib turishibdi. Shubhasizki, ko‘pchilikning fikricha, ular orasida iPhone X alohida o‘rin egallaydi.

Shu bilan birga, Apple namoyish qilgan iPhone 8 va 8 Plus flagmanlari ham kuchli platformaga, ya’ni ilg‘or A11 Bionic protsessoriga, takomillashgan kameralar va bir oz o‘zgargan tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Garchi, innovatsion va jozibador jihatlar bilan ta’minlangan bo‘lsa ham, iPhone X narxining 1000 dollardan oshib ketishi oqibatida, Apple muxlislari nisbatan arzon modellarni xarid qilishga majbur bo‘ladilar. Ya’ni, iPhone X iPhone 8'dan deyarli 40% qimmatroq.

Misol uchun, iPhone 8'ning eng arzoni 699 dollardan sotuvga chiqarilgani, "Malika"da bu talqin (64 Gb) 6 437 000 so‘mdan boshlab sotilayotganini hisobga olsak, noyabrda sotuvga chiqariladigan 1000 dollarlik iPhone X bahosi yurtimizda 10 million so‘mdan oshib ketadi. Undan ko‘ra, iPhone 8 xarid qilgan maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, iPhone 8 xarid qilishning boshqa muhim sabablari ham topiladi.

iPhone 8 (chap) va iPhone 7 (o‘ng)

iPhone 8 — eng ixcham yangi iPhone.

iPhone 8 2017 yilda yangilangan ayfonlar orasida eng ixchamgina korpusga ega bo‘ldi. Taqoslash uchun aytamiz, uning bo‘yi 138,4 mm va kengligi 67,3 mm. iPhone X o‘lchami: 143,6 mm va 70,9 mm. Ya’ni, uni kaftda tutish va bir qo‘lda boshqarish juda oson. Ayfon muxlislari yaqin-yaqingacha ham "lopatafon"larni yoqtirishmas edi. Kenja ayfon vazni ham qulay -- 148 gramm.

4.7 dyuymli gadjetga True Tone LCD matritsa tanlangan. Undagi piksellar sig‘imi 1334 x 750 belgiga teng, ya’ni har dyuymda 326 ta piksel. Old panelning 65.6% qismi ekrandan iborat.

Apple'ning avvalgi barcha aksessuarlarini qo‘llab-quvvatlaydi

iPhone 8 avvalgi yilgi modellarga nafaqat ko‘rinish jihatidan, balki o‘lchamlari jihatidan ham o‘xshab ketadi. Shu bois, ayfonlar uchun chiqarilgan aksessuar va chexollar bu gadjetga ham to‘g‘ri keladi.

«Home» tugmasi va barmoq izlari skanerining borligi

Yangi smartfon tanlayotganda barmoq izlari skaneriga ahamiyat qaratish bugungi xaridorlarning bosh talabi. Ayniqsa, iPhone X taqdimotida undagi yuz-qiyofa skaneri "qovun tushirib" qo‘ygach, ko‘pchilik sinovdan o‘tgan barmoq izi skanerini afzal ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, iPhone 8 ham simsiz quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lgan. U yarim soatda quvvatini 50 foizga to‘ldira oladi.

Qolaversa, bu model ham yaxshi surat oluvchi kamera bilan ta’minlangan. iPhone 8'ning 12 megapikselli va keng burchak ostida suratga oluvchi bosh kamerasi uchun f/1.8 standartidagi diafragma, ya’ni yorug‘lik taqsimlovchi qurilma o‘rnatilgan. Selfi kamera sig‘imi -- 7 megapiksel. To‘g‘ri, bu jihatdan iPhone 7 bilan bir xil. Biroq, ilg‘or chip va kamera o‘rtasidagi hamkorlik kameraga taassurotli suratlar olish imkonini beradi.

Shu bilan birga, iPhone X kabi, iPhone 8 ham IP67 guvohnomaisga ega va suv va chang ta’siridan qo‘rqmaydi. Uning korpusi ham pishiq alyuminiydan tayyorlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.