iPhone X'ning ilk egalari flagmanni qadoqdan olib, foydalanib ko‘rishdi (Video)

iPhone X'ning ilk egalari flagmanni qadoqdan olib, foydalanib ko‘rishdi (Video)

Apple 27 oktyabrdan boshlab iPhone X'ga avvaldan buyurtma olishni boshladi. Garchi, smartfon xaridorlarga 3 noyabrdan boshlab yetkazib berilishi e’lon qilingan bo‘lsa ham, bu smartfonning ilk foydalanuvchilari uning qadoqdan olinishi va undan foydalanish tasvirlari aks etgan videolarni Twitter, Instagram hamda YouTube tarmoqlariga joylashtirmoqdalar.

Quyida ularni e’tiboringizga havola qilamiz.

 

Eslatib o‘tamiz, 5.8 dyuymli, OLED-panelli shisha korpus suv va changdan himoyalangan. Har bir dyuymda 458 ta belgi, piksellar sig‘imi 2436 x 1125! Smartfonda A11 Bionic protsessori ilk marotaba tatbiq qilingan va sekundiga 600 milliard operatsiyani bajaradigan neyronli tarmoq o‘tkazgichlariga ega eng kuchli va aqlli chip. Smartfon tizimiga endi Face ID yordamida kiriladi. Buning uchun smartfonga qarashning o‘zi kifoya qiladi va uni blokirovkadan chiqaradi. iPhone X bosh kamerasi ham 2 sensorli. Shubilan birga, fotochaqnog‘i 4 diodli!

O‘qing: Apple saytida iPhone X'ning 6 muhim jihati e’lon qilindi

iPhone X 2 talqinda — 64 GB va 256GB doimiy xotirali talqinlarda sotuvga chiqadi. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi! Eng qimmati esa $1,149 dollardan sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.