iPhone X'ning kechikishi "ashaddiy raqib" zarariga ishlaydi

iPhone X'ning kechikishi

Apple 12 sentyabrda taqdim qilgan iPhone X 3 noyabrdan xaridorlar qo‘liga yetkazilishi e’lon qilingan bo‘lsa-da, ekspertlarning fikricha, flagmanlar egalarining qo‘llariga kamida 2018 yilning boshida yetib boradi. Apple hamkorlari OLED-displeylarni tayyorlashning qiyinligi, tayyor panellarning 40% igina talabga javob berishini ma’lum qilishgan. The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Apple kompaniyasi Face ID skaner tizimidagi nosozlikni tuzatish uchun ham iPhone X'ni ommaviy ishlab chiqarishdan to‘xtatib turibdi.

Analitik Ming-Chi Kuoning fikricha, Apple 2018 yilning boshiga qadar bor-yo‘g‘i 12 million dona iPhone X'ni AQSh bozoriga chiqaradi.

Biroq, ahamiyatli jihati shundaki, smartfon bozoridagi bu vaziyat Apple emas, balki uning raqibi bo‘lgan Samsung zarariga xizmat qiladi. Nega? Gap shundaki, koreyalik IT-ishlab chiqaruvchisi shu kunlarda Galaxy S9 flagmani ustida jiddiy izlanish olib bormoqda. Flagman MWC, ya’ni 2018 yilning 25 fevralida o‘tadigan Jahon mobil kongressida taqdim qilinishi mumkin. Uning muhim jihatlari qatoriga 25 daqiqada akkumulyatorini to‘liq quvvatlashini aytishimiz mumkin.

Hozirgi Galaxy Note 8 flagmani esa iPhone X bilan raqobatga kirisha olmaydi. Bu degani Samsung yangi model sotuvga chiqquniga qadar potensial xaridorlarini yo‘qotishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!