iPhone X samaradorlik bo‘yicha barcha androidlarni "yer tishlatdi"

iPhone X samaradorlik bo‘yicha barcha androidlarni

Geekbench mobil vositalarning platforma samaradorligini baholaydigan resurs yangi iPhone'ning tizimdan samarali ishlash bo‘yicha imtihondan o‘tganligi aks etgan suratlarni e’lon qildi. Aytish kerakki, samaradorlik bo‘yicha yangi avlod ayfonlari raqiblarini "yer tishlatdi".

Imtihonlarda tezkor xotira sig‘imi 3 GB, 6 yadroli protsessorga ega ayfon imtihon topshirgan. Uning 2 ta yadrosi murakkab vazifalar, 4 ta yadrosi kundalik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

"iPhone 10,5" nomli gadjet bir yadroda ishlashda 4061 ochko to‘plagan bo‘lsa, ko‘p yadroli rejimda u deyarli 10 000 ball to‘plashga erishgan. Taqqoslash uchun atyamiz, Samsung Galaxy S8 bir yadroda ishlashda 2016 va ko‘p yadroda ishlashda 6666 ball olgan edi.

Modomiki, imtihon topshirgan bu flagman iPhone X bo‘lsa — u jahonning navbatdagi eng kuchli tizimga ega smartfoni bo‘ladi. Va, ekspertlarning fikricha, uning natijasini boshqa biror flagman hali-beri yangilay olmaydi.

Shuningdek, Antutu benchmarki ham iPhone 8'ning platforma samaradorligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "iPhone 10,4" nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan gadjet resursning tizimida 201 000 ball to‘plagan. 2016 yilda bu resursda yetakchi bo‘lgan iPhone 7 Plus hamda iPhone 7 esa 172 644 va 170 124 ball to‘plashgan. Samsung Galaxy S8’ning Snapdragon 835 protsessoriga ega talqini ushbu imtihonda 162101 ball to‘plagan edi. Galaxy S8’ning Exynos 8895 protsessoriga ega talqini 174155 ball to‘plashga erishgan.


 "iPhone 10,4" nomli qurilma iOS 11 tizimi, 750✕1334 pikselli ekran, 6 yadroli protsessor, 2 GB tezkor xotiraga ega. Flagmandagi yangi — A11 Bionic chipi 6 yadroli va 64 bitli. Bu mitti gadjetda 4.3 milliard dona tranzistor bor.

Yana bir ajablanarli va kutilmagan natija -- yangi ayfon platformasi  Intel Core i5 chipiga ega MacBook Pro 2017'dan ham samarali ishlashi bo‘ldi!

Eslatib o‘tamiz, Apple 12 sentyabrda yangi avlod ayfonlarini taqdim qildi. Ular bilan quyidagi maqolalarda tanishib oling.

Uzoq kutilgan iPhone 8 taqdim qilindi!

"Yubiley ayfoni" -- iPhone X taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!