iPhone X savdoda iPhone 6'ning rekordini yangilaydi

iPhone X savdoda iPhone 6'ning rekordini yangilaydi

iPhone X uchun avvaldan buyurtmani shu yilning 27 oktyabridan berish mumkin. Jahonning peshqadam marketing idoralaridan biri bo‘lmish Morgan Stenli tahlilchilarining fikricha, aynan shu flagman tufayli 2018 yilda Apple bir yil ichida smartfon sotish bo‘yicha rekordini yangilaydi.

Bu yilgi so‘rovnomalarga ko‘ra, ayfonlarini yangilash niyatida yurgan Apple'ning muxlislari soni har yilgidan ko‘p. Boisi, brendning aksariyat foydalanuvchilari qo‘llaridagi gadjetni yangi ayfonga almashtirish istagida. iPhone X Apple qurilmalariga bo‘lgan yashirin talabni yuzaga chiqaradi va smartfon savdosini yangi bosqchiga ko‘taradi.

To‘g‘ri, avvaliga iPhone X savdosida juda katta tanqislik yuzaga keladi. Biroq, bu holat 2017 yilning so‘nggigacha davom etadi. Bu vaqt ichida Apple jahonga 25 million donagacha bu ilg‘or flagman smartfondan yetkazib beradi.

Morgan Stenli hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda iPhone X jahonning eng yaxshi sotiladigan va talab yuqori smartfonlaridan biri bo‘ladi. Apple 2018 yilda 1000 dollar turadigan ushbu mobil aloqa vositasidan 262 million dona sotishga erishishi kutilmoqda.

Apple yanagi yilda sotadigan jami ayfonlarning 47% ini iPhone X tashkil qiladi. 2017 yilda esa iPhone 8 Plus kutilganidan yaxshi sotilmoqda. 2018 yilda ham bu model muvaffaqiyatli sotiladi.

Bir yillik smartfon savdosi bo‘yicha avvalgi rekord 2015 yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda iPhone 6 flagmani xizmatlari evaziga Apple 231,2 million dona "aqlli telefon" sotishga erishgan. Ayni paytda bu turkumga kiruvchi iPhone 6s'ning eng arzoni (16 Gb, gold, grey, rose) 3 649 000 so‘mdan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!