iPhone X tezkorlikda yangi androidga mag‘lub bo‘ldi

iPhone X tezkorlikda yangi androidga mag‘lub bo‘ldi

iPhone X bir muddat avval samaradorlikda jahonning barcha gadjetlarini osonlik bilan ortda qoldirgan edi. Biroq, tezkor ishlashda unga munosib nomzod paydo bo‘lgan ko‘rinadi.

Yangi iPhone X'da samarali ishlash uchun barcha muhim jihat bor. U o‘z turkumida yetakchi smartfon. Hatto nozikta’b ekspertlar ham uning dizaynini ma’qullab chiqdilar. "Yubiley" iPhone'idagi OLED-ekranni esa jahonning eng yaxshi displeyi sifatida e’tirof etishdi. Dasturiy ta’minoit ham, apparat ta’minoti ham devaysda yuqori. Benchmarket-testlarining aksariyat imtihonlari natijalariga ko‘ra, yangi A11 Bionic protsessori nihoyatda ilg‘or. Bu chipning imkoniyatlarini Apple foydalanuvchilari yaxshi bilishadi. Biroq, smartfonning nozik nuqtasi bor -- operatsion tizim.

Bir qarashda, iOS 11 — o‘ta pishiq-puxta operatsion tizim sifatida taassurot qoldiradi. Unda ko‘plab yangiliklar, tizimni takomillashtirish bo‘yicha innovatsiyalar muntazam joriy qilinadi. iPhone X uchun ishlab chiqarilgan tizim esa yanada kuchli. Biroq, smartfonning tezkor xotirasi uning operatsion tizimiga samarali ishlashi uchun to‘siqdir. Kompaniya bu boradagi kamchiliklarni biladi va ayni paytda buni bartaraf qilish ustida bosh qotirmoqda.

Aksariyat smartfon foydalanuvchilari bu haqida eshitmagan bo‘lishlari yoki ayfonning tezkorligiga shubha qilmagan bo‘lishlari mumkin. Boisi, Apple operatsion tizim va protsessorni o‘zaro maqbullashtirishda doimo oldinda bo‘lgan. Shu vaqtga qadar flagman Android-smartfonlar ustidan g‘olib kelgan iPhone X yaqinda taqdim qilingan OnePlus 5T'ga mag‘lub bo‘ldi.

OnePlus 5T hozircha eng tezkor ishlaydigan smartfon bo‘lib turibdi. Bu bekorga emas. Kompaniyaning OnePlus 5 smartfoni androidlar orasida eng tezkor va samarali devays bo‘lib kelayotgan edi. Ya’ni, kompaniya samarali mobil tizim yaratishda tajribali. OnePlus 5T'ning imkoniyatlarini quyidagi videorolikda ham ko‘rish mumkin.

YouTube'ning AllApplePro kanalida OnePlus 5T hamda iPhone X qanchalar tezkor ekani taqqoslab ko‘rilgan. Imtihonda ikki flagman mobil ilovalarni ochishda, grafikaga boy o‘yinlarni ishga tushirishda, ijtimoiy tarmoqlarni ochishda, savdo saytlarini ishga tushirishda, video kontentga ega tarmoqlarni ochishda kuch sinashdilar. Apple smartfoni iOS 11, 5T esa 2016 yilga mansub Android Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Birinchi davra bellashuvlarida iPhone X ozgina peshqadam bo‘lgan bo‘ldi. OnePlus smartfoniga og‘ir ilovalarni ochish uchun 4:05 daqiqa vaqt kerak bo‘lgan bo‘lsa, iPhone X bu vazifani 3:23 daqiqada amalga oshirdi.

O‘qing: OnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Biroq, ikkinchi davra bahslarida smartfon barcha ilovalarni yangidan yuklab olishi kerak bo‘ldi. OnePlus 5T esa bu ilovalarning barchasini tezkor xotirasida saqlab qo‘ygan edi. Aytish kerakki, OnePlus 5T'dagi 8 GB, iPhone X'da 3 GB xotira mavjud. Bunda OnePlus 5T ilovani 30 soniyada ochgan bo‘lsa, iPhone X'ga buning uchun 1:05 daqiqa kerak bo‘ldi.

Ya’ni, ko‘rinib turibdiki, sintez testlari natijalari aslida smartfonning tezkor ishlashi uchun asos emas va real sinovda ilovalarning chaqqonlik bilan ochilishi misolida biz bunga guvoh bo‘ldik.

Biroq, o‘yinlarni ochishda Apple qurilmasi ustun ekani diqqatga sazovor. Bu Apple'ning flagmanida shaxsiy videokarta tizimi o‘rnatilgani hisobiga.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!