Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2891
  •  06.02.2018 11:25

Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

Smartfon interfeysini ekrandagi svayp-ishoralar yordamida boshqarish usuli avvaldan mavjud bo‘lsa-da, u iPhone X taqdimotidan keyingina ommalasha boshladi. Ekranni turli tomonlarga, turlicha silashlar bilan har xil amallarni boshqarish usuli qulay bo‘lsa-da, negadir ishlab chiqaruvchilar o‘z smartfonlarida buni joriy etishga shoshilishmayapti.

O‘QING: Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

Lekin smartfonsozlar o‘rniga bu ishni Gesture Control nomli bitta ilova amalga oshirmoqda. Uni o‘rnatib olganingizdan keyin, smartfoningiz ekranining pastki qismida xuddi iPhone X’dagi kabi chiziq paydo bo‘ladi. Ilovani ishlata boshlashdan avval, siz unga maxsus imkoniyatlar uchun ruxsat berishingiz kerak. Bu esa aytarli qiyin emas, shunchaki, Gesture Control taklif etgan sozlamalar varaqasiga o‘tasiz va o‘sha yerdan sozlaysiz.

Gesture Control funksionalligi, ya’ni u taklif etadigan ishoralar xilma-xilligi smartfoningizdagi operatsion tizim versiyasiga bog‘liq holda sal farqlanishi mumkin. Masalan, boshlang‘ich sozlamalar bo‘yicha ko‘p vazifalilik, ilovadan chiqish, tezkor sozlamalarga kirish, kiruvchi bildirishnomalar ro‘yxatini ochish kabi ishoralar barcha talqindagi Android foydalanuvchilari uchun amal qiladi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonda iPhone X’dagidek Face ID’ni faollashtiramiz!

Android 7.0 Nougat versiyasi boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun esa, bulardan tashqari, Gesture Control ekranni ikkiga bo‘lish funksiyasini ham taqdim etadi. Bu rejim evaziga siz Split Screen rejimini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita ilovani bir vaqtning o‘zida ochib ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, ekranning yarmida video ko‘rib, qolgan yarmida biror messenjer orqali muloqot qilib o‘tirish zo‘r-ku, to‘g‘rimi?

O‘QING: Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

Gesture Control ilovasini mana bu havola orqali Google Play katalogidan bepul yuklab olib o‘rnatishingiz mumkin. Bundan tashqari, agarda ilovaning to‘liq versiyasini xarid qilsangiz, uning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Masalan, ekranga ikki marta teginishdagi funksiyalar, 3D Touch turiga mansub ishoralar va hokazo.

O‘QING: iPhone egalari hayotini soddalashtirish uchun 3D Touch’ning 5 imkoniyati