Jahonning eng kuchli smartfonlari – TOP10

Jahonning eng kuchli smartfonlari – TOP10

Elektronika vositalarining platforma samaradorligini sinovdan o‘tkazadigan AnTuTu benchmarki har oyda o‘z talqini bo‘yicha jahonning eng tezkor ishlaydigan smartfonlar reytingini e’lon qiladi.

Kuni kecha mazkur resurs 2017 yilning iyunida imtihondan o‘tkazilgan, ayni paytda eng kuchli platformaga ega mobil aloqa vositalari ro‘yxatini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, OnePlus 5 flagmani barcha raqiblarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallagan. Ikkinchi pog‘ona esa  Nubia Z17, undan keyingi o‘rin  HTC U11 flagmanlariga nasib qilgan.


Reyting ro‘yxati quyidagicha:

1. OnePlus 5 (181879 ball)

2. Nubia Z17 (179072 ball)

3. HTC U11 (174729 ball)

4. Galaxy S8+ (171703 ball)

5. Xiaomi Mi6 (170255 ball)

6. iPhone 7 Plus (170177 ballov)

7. Xperia XZ Premium (165835 ball)

8. iPhone 7 (160589 ball)

9. Galaxy S8 (160331 ball)

10. OnePlus 3T (159727 ball)

Ko‘rinib turibdiki, reytingdagi yetakchi Android-smartfonlarning barchasi Qualcomm Snapdragon 835 protsessori platformasiga ega.


Shu vaqtga qadar yetakchi bo‘lib kelgan iPhone 7 Plus liderlikdan chekinib, quyiga tushib ketgan. Kuchli 5 ta Android-raqiblardan so‘ng eng kuchli ayfon -- iPhone 7 Plus flagmani reytingda 6-o‘rinda turibdi. iPhone 7 modeli esa 8-o‘ringa munosib topilgan.

«Flagmanlar kushandasi» laqabi bilan taqdim qilingan OnePlus 5 laqabiga munosib bo‘ldi. U 181 879 ball to‘plab, mobil texnologiyalar platformasida tezkor ishlash bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Shu taxlit bir muddat avval kompaniyaning benchmark natijalarini soxtalashtirgani bilan bog‘liq mish-mishlarga chek qo‘yildi. Nubia Z17 va HTC U11 smartfonlari 179 072 va 174 729 ball to‘plashgan.

Samsung Galaxy S8+ hamda Xiaomi Mi 6 telefon apparatlari imtihonlarda 171 703 va 170 255 ball olgan. Apple flagmani  170 177 ochko yiqqan. Ekspertlarning fikricha, ayfondagi samaradorlikning tushib ketishiga so‘nggi proshivka -- iOS 10.3 tizimidagi bir oqimli rejimida o‘tkazilgan imtihonlar sabab bo‘lgan.



iOS-qurilmalar reytingida esa, Apple A10X Fusion protsessori tengsiz ekanini namoyish qilgan. Jumladan, shu yilning iyunida taqdim qilingan 10,5 dyuymli iPad Pro'da o‘rnatilgan bu chip sinovlar davomida 222 824 ball to‘plab, Apple'ning boshqa elektronika vositalarini "chang"da qoldirgan.

Aksariyat texnologlarning fikricha, kelayotgan kuzda taqdim qilinadigan iPhone 8 flagmanidagi Apple A11 protsessori ayfonning samaradorlikdagi nufuzini qayta tiklashi mumkin. 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!