Kuchli himoyalangan Blackview BV9000 Pro sotuvga chiqarildi

Kuchli himoyalangan Blackview BV9000 Pro sotuvga chiqarildi

MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim qilingan Blackview BV9000 Pro smartfoni sotuvga chiqarildi. Smartfon korpusi IP68 guvohnomasi asosida suv hamda changdan himoyalangan. Ekranning tomonlar nisbati zamonaviy -- 18:9 standartda.

Germetik korpusni pishiq-puxta qilib tayyorlashda rezina, Corning himoya shishasi, alyuminiy-magniy qotishmasidan unumli foydalanilgan. Old panel atrofida smartfon qo‘ldan tushib ketganida himoya qilishi uchun maxsus metall bort mavjud.

Blackview BV9000 Pro 5,7 dyuymli, 1440 x 720 (HD) pikselli hamda Gorilla Glass 3 himoya shishasi qoplangan IPS displeyga ega. Uning samaradorligi uchun MediaTek Helio P25 chipseti va ARM Mali-T880 MP2 video kartasi mas’ul. Shuningdek, gadjet 6 Gb "operativka", 128 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Blackview BV9000 Pro'ning bosh kamerasi 2 sensorli: 13 Mp f/2.0 + 5 Mp f/2.2), old kamera aniqligi -- 8 megapiksel. Smartfonda barmoq izlari skaneri, NFC moduli, sig‘imi 4180 mA soat bo‘lgan Li-Ion akkumulyatori mavjud.

Telefon apparati o‘lchamlari: 162 x 81,1 x 13,4 mm, vazni -- 253 gramm. BV9000 Pro qadoqdayoq Android 7.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Blackview BV9000 Pro $330 dollardan sotilmoqda.