Kutib oling: Meizu arzon M8 (Meilan 6T)ni taqdim etdi

  •   Saroy
  •  1276
  •  22.05.2018 17:22

Kutib oling: Meizu arzon M8 (Meilan 6T)ni taqdim etdi

Meizu Xitoyda  arzon seriyali yangi Blue Charm smartfonini savdoga chiqarayotganini ma’lum qildi. Xitoy bozorida model Meilan 6T ko‘rinishida chiqadi, lekin bizda u  Meizu M8, deb yuritilsa kerak.

Qurilmaning dizayni va boshqa ko‘p tavsifi ma’lum. Meizu M8 5.7-dyuymli va tomonlari 18 ga 9 bo‘lgan hamda HD+ (1440x720 pikseley) formatidagi ekranga ega bo‘ladi. Ichida hozircha bizga noma’lum sakkiz yadroli 1.5 GGs chastotoli protsessor bor.  2,3 yoki 4 gigabaytli tezkor xotira, hamda o‘rnatilgan xotirasi  tegishlicha 16, 32 yoki 64 gigabaytli bo‘ladi. Unga MicroSD xotira kartasi o‘rnatilgan.

13+2 megapikselli asosiy kamera samarali yonlama va portret rejimida rasmga oladi. Gadjetning old kamerasi 8-megapikselli. Akkumulyator sig‘imi 3230 mAch dan iborat.

Rasmiga qaraganda, Meizu M8 yelkasida barmoq izini oladigan skaneri bilan plastik korpusga ega. Smartfon qora, qizil, ko‘k va tilla rangda chiqishi kutilmoqda.