Uzoq kutilgan iPhone 8 taqdim qilindi!

Uzoq kutilgan iPhone 8 taqdim qilindi!

Va, nihoyat gal iPhone flagmaniga yetib keldi.

Tim iPhone 10 yilda jahonni qanchalar o‘zgartirib yuborganini gapirib berdi. 

Quyida 4.7 dyuymli iPhone 8 va 5.5 dyuymli iPhone PLUS flagmanlarini tomosha qiling:

Uning orqa paneli bu gal ham shishadan tayyorlangan va korpus kumush, samoviy-kul rang, tilla rangli talqinlarda ishlab chiqariladi.

Ma’lum bo‘lishicha, buqadar pishiq shishaga hali biror smartfon ega bo‘lmagan ekan. Korpus esa suv va chang o‘tkazmaydi.  

Flagmandagi yangi chip — A11 Bionic! U 6 yadroli va 64 bitli! Bu mitti gadjetda 4.3 milliard dona tranzistor bor. 

Shuningdek, yangi ayfon korpusining yuqori va quyi qismlariga dinamiklar o‘rnatilgan. 

Bosh kameraga esa 2ta 12 megapikselli sensor o‘rnatilgan. Ulardan biri 1.8, boshqasi 2.8 hajmli yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Undagi avtofokuslash, rang-tus berish va barqarorlashtirish funksiyalari takomillashgan. Har ikkala sensor optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Xuddi Note 8 kabi! 

Kamera va chip hamda yangicha akselerometr sensori, shuningdek ilg‘or dastur yordamida sekundiga 60 kadrli video tasvirni uzatish imkonini beradi. Bu esa real voqelik o‘yinlarini o‘ynash uchun ayni muddao. 

iPhone 8 ko‘pchilik tatbiq qilayotgan QI standarti asosida simsiz quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘ldi. Orqa panelga shuning uchun ham shisha tanlangan. Bu yaxshi xabar! Boisi, bu kabi quvvat uzatuvchi dok-stansiyada boshqa brendning simsiz quvvat oluvchi smartfonlarini ham zaryadlash mumkin.


Narx borasida esa kutilmagan xabar ma’lum qilindi! 700 dollar iPhone 8 uchun va 800 dollar iPhone 8 Plus uchun so‘ralmoqda. Avvaldan buyurtmalar 15 sentyabrdan qabul qilinadi. Flagman iOS 11 tizimiga 19 sentyabrdan yangilanadi.

Shu bilan hammasi tugamadi. Tim Kuk oldinda yana bir e’lon borligini ma’lum qildi. Demak, iPhone X taqdim qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.