Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

  •   DiMaX
  •  1481
  •  11.05.2018 17:55

Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

Xiaomi kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni – Mi 7 joriy oyning 23-sanasida taqdim etilishidan xabaringiz bor. Ammo bugun tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, uni kompaniyaning sakkiz yilligi sharafiga Mi 8 deb atashar ekan!

O‘QING: Xiaomi Mi 7’ni «jonli» suratlarda ko‘rsatishdi: qo‘shaloq kamera va «kemtik»li ekran

Xitoylik insayderlarning shu kunlarda tarqatgan xabarlariga qaraganda, Xiaomi korporatsiyasi 23 may kuni Mi 7 o‘rniga, yubileyga bag‘ishlab cheklangan tirajda chiqariluvchi Mi 8 modelini taqdim etmoqchi ekan. Ammo Mocha RQ nikli insayder, hech qanaqa Mi 7 modeli bo‘lmasligini, shu paytgacha ushbu nomda atalib kelgan flagmanning o‘zi Mi 8 nomi bilan chiqarilishini aytgan.

Nomlanishda bitta sonning «tashlab ketilishi», ehtimol, smartfondagi yirik o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir, deyishmoqda tahlilchilar. Jumladan, yangi flagmanida foydalanuvchining qiyofasini qorong‘ida ham uch o‘lchamda skanerlay oladigan to‘laqonli 3D Face yuz skaneri tizimi joriy etilishi aytilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 ekrani suratlari chiqdi: «o‘yiq»li ekran va to‘laqonli 3D Face yuz skaneri!

Mazkur flagman 23 may kuni taqdim etilishi va 440 AQSh dollari narxida bozorga chiqarilishi taxmin qilinmoqda. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!