Leagoo hamyon uchun qulay smartfonlarni taqdim qildi

Leagoo hamyon uchun qulay smartfonlarni taqdim qildi

Har kimning o‘z sevimli smartfon brendi bor. Har bir mavsum esa yangi brendlarning bozordagi raqobati bilan yanada qizimoqda. Bu yil Xiaomi Mi Mix yoki Samsung Galaxy S8 uslubidagi romsiz gadjetlar davri bo‘ldi, deyish mumkin. Leagoo kompaniyasi ham bir-biridan arzon smartfonlari bilan nom qozonishga harakat qilmoqda. Bir necha kun avval taqdim qilingan S8 va S8 Pro devayslari "romsizlik" ishqibozlarining hamyonlariga ham mos keladi.

$200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar turkumiga kiruvchi Leagoo S8 smartfoniga 1440x720 piksel sig‘imli, tomonlar nisbati 18:9 ga teng, diagonali 5,72 dyuymli displey o‘rnatilgan. Bu gadjet chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan MT6750T chipi va 3 Gb tezkor, shuningdek 32 Gb doimiy xotira, 3050 mA soat sig‘imli va tezkor quvvat oluvchi akkumulyator bilan ta’minlangan.

Ishlab chiqaruvchi xaridorlarning diqqatini tortish uchun smartfonga 4 ta kamera o‘rnatgan: old kamera uchun OmniVision'ning 8 Mp va 2 Mp, bosh kamera uchun 13 Mp va 2 Mp sig‘imli sensorlar.

Leagoo S8 Pro esa 5.99 dyuymli, 18:9 standartidagi, FHD+ (2160x1080p) sig‘imli displey, 8 yadroli va chastota tezligi 2.6 Ggs bo‘lgan chip, 6 GB tezkor xotira, shuningdek Samsung + OmniVision'dan 4 ta kameraga ega bo‘lgan. Uning rasmiy bahosi -- $299.99 dollar.

Leagoo S8 bozorga $169,99 dollardan sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.