LeEco uMax85 – Ultra HD formatli ulkan televizor
Xitoyning LeEco kompaniyasi Ultra HD aniqligidagi 85 dyuymli ekranga ega LeEco uMax85 televizorini taqdim etdi. Televizorning audio va akustika tizimi mashhur Harman/Kardon firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ulkan televizorga 4 GB tekzor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.
Gadjetning dizayni haqidagi gapiradigan bo‘lsak, u yupqa korpusda tayyorlangan, displey atrofidagi ramkalar anchagina ingichka. Displey 448 ta podsvetka zonasi bilan jihozlangan, HDR10 va tasvir yorqinligini oshirishga xizmat qiladigan Dolby Vision texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, televizorga qo‘llangan Fluid Motion funksiyasi tasvir va kadrlarning qotib qolishini bartaraf etadi.
LeEco uMax85 bugungi kunda bunday zamonaviy gadjetlarga o‘rnatilayotgan Android TV (Google Cast funksiyasi bilan) dasturida ishlaydi. Shuning uchun qurilmaga turli smartfonlarni ham ulash imkoniyati mavjud.
Ulkan televizor 4999 dollar narxida 2 noyabrdan sotuvga chiqariladi (hozircha Shimoliy Amerika mamlakatlarida). Xaridorlarga ushbu qiymat doirasida EcoPass servisidan bepul foydalanish uchun 1 yillik obuna ham taqdim etiladi.