LG Stylus 3 fabletiga tegishli texnik parametrlar oshkor qilindi

LG Stylus 3 fabletiga tegishli texnik parametrlar oshkor qilindi

Ayni paytda AQShda o‘tkazilayotgan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi LG Stylus 3 nomli yangi versiyadagi fabletga doir texnik parametrlarni oshkor qildi. Biroq smartfonlarning o‘zi ko‘rgazmada namoyish etilmagan.

Kompaniya vakillarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, LG Stylus 3 har biri 13 Mpli qo‘sh kamera, 8 Mpli old kamera, MediaTek MT6750 protsessori va 5,7 dyuymli HD ekran bilan jihozlanadi. Model stilus bilan chiqariladi, Android Nougat dasturiga ishlaydi. Shu bilan birga, qurilma FM-radioni qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.

Qurilma barmoq izi bilan himoyalanadi, Wi-Fi va Bluetooth modullariga ega bo‘ladi. Batareyasining sig‘imi – 3200 mA/soat.

Hozircha modelning narxi noma’lum.

Manba: mobiltelefon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.