«Malika»da hamyonbop Nokia telefonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 3 oktyabr)
Ushbu brend ko‘pchilikka qadrdon, bir zamonlar telefonsozlikdagi eng taniqli nom edi. Smartfonlar davri kelgach, u birinchilikni boshqalarga berib qo‘ydi, keyinchalik asta-sekin eng orqa qatorlarga o‘tdi...
Lekin endilikda ushbu nom ostida yana tugmachali telefonlar va zamonaviy smartfonlar ishlab chiqarilmoqda. Mana, tez orada uning ilg‘or xususiyatli, o‘ziga munosib narxdagi Nokia 9 flagmani taqdim etilish arafasida.
Shu bilan birga, bozorlarda Nokia’ning klassik uslubdagi – tugmachali telefonlari ham taklif etilayotir. Tabiiyki, O‘zbekistonda ham ularning xaridorlari bisyor.
Biz sizlarning e’tiboringizga poytaxtimizdagi «Malika» savdo markazida Nokia’ning ayrim hamyonbop telefonlariga so‘mda belgilangan narxlarni havola etmoqchimiz.
Nokia 3310 – 738 000 so‘m
Nokia 230 – 574 000 so‘m
Nokia 105 – 287 000 so‘m
Nokia 216 – 410 000 so‘m
Izoh: «Malika» do‘konlaridan qurilmalarni yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishingizga «Terabayt.Uz» sayti kafolat bermaydi. Ularni qulay shartlarda xarid qilish bo‘yicha maslahatlarni esa +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali saytimiz menejeridan olishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.