Mi Max 3: jihatlari, taqdimot va narxi ma’lum

Mi Max 3: jihatlari, taqdimot va narxi ma’lum

Xiaomi 2017 yilning 25 may kuni Pekinda Mi Max 2 fabletini taqdim qilgan edi. Gadjet 6.44 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) ekrani, stereo - 2 ta audio karnayi, 5300 mA soat elektr tokini sig‘diradigan akkumulyatori bilan kino va musiqa ixlosmandlarini o‘ziga rom qilib qo‘ygan edi.

Xiaomi Mi Max 2 — hamyonbop hamda eng yaxshi smartfonga xos jihatlar to‘qnashgan munosib "chorraha"dir. Xiaomi ishlab chiqaradigan "Mi Max" smartfonlar turkumi bozorda munosib raqibga ega emas. Katta ekran, sifat va jihat uyg‘unligi aks etgan fablet bozorda juda ommalashdi.

O‘qing: Nihoyat, hamyonbop "mobil kinoteatr" endi “Malika”da!

Bir pasda 2018 yilning 25 mayi ham yaqinlashib kelmoqda. Smartfon sanoatida tez orada uning "merosxo‘ri" bo‘lgan Xiaomi Mi Max 3 taqdim qilinadi.

Xitoydan kelayotgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yangi avlod "lopatofoni" Xiaomi Mi 6X modeli bilan ketma-ket taqdim qilinadi. Bu taqdimot 2018 yilning 25 mayiga reja qilingan.

Yangi avlod fableti yanada yiriklashgan - 6,7 dyuymli displeyning tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli bo‘ladi. Ekran sifati ham yanada yaxshilangan va piksellar sig‘imi FullHD+.

Bu gal ham devays o‘zidagi akkumulyator bilan foydalanuvchini hayratga soladi - elektr toki sig‘imi 5500 mA soat bo‘lgan "quvvat toshi"ni tezkor to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Xiaomi Mi Max 3 platformasi uchun yangi va jihatlariga subflagman, ya’ni kuchlilardan bir qadam ortda bo‘lgan Snapdragon 710 (Snapdragon 670) protsessori o‘rnatiladi.

Bu chipset yordamida filmlarni bemalol tomosha qilib, eng murakkab grafikali o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin bo‘ladi. Bunga taqdimot kuni aniqlik kiritamiz.

Mi Max 3 old kamerasi uchun 16 megapikselli sensorning o‘rnatilishi, bosh kamera uchun har biri 12 megapikselli qo‘sh ob’yektivlar tanlanishi ma’lum qilingan. Ularning har ikkalasi optik yaqinlashtirish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Devaysda USB Type-C porti, NFC moduli hamda 2 ta sim-karta uchun bo‘lmachalar bo‘ladi.

O‘qing: Galaxy J5 2017: Tabiatan bashang! Pulingizga achinmaysiz!

Uni quyidagi 3 talqinda xarid qilish mumkin: 4/64 Gb, 6/64 Gb hamda 6/128 Gb xotirali. Talqiniga ko‘ra, fablet quyidagi narxlarda sotiladi: $270, $302 hamda $334.