Mi Mix 2S flagmani AliExpress’da sotuvga chiqdi, shu va boshqa devayslarga buyurtma bering! (2018 yil 7 aprel)

  •   DiMaX
  •  4932
  •  07.04.2018 16:34

Mi Mix 2S flagmani AliExpress’da sotuvga chiqdi, shu va boshqa devayslarga buyurtma bering! (2018 yil 7 aprel)

Bugungi kunda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz turli gadjetlarni onlayn savdo platformalari orqali buyurtma berish yo‘li bilan xarid qilishmoqda. Shuni inobatga olib, biz AliExpress onlayn bozorida taklif etilayotgan ayrim smartfonlar va boshqa gadjetlarining narxlarini e’tiboringizga havola etayotirmiz.

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Quyida keltirilgan tovarlarning xususiyatlarini batafsil ko‘rish, shuningdek, buyurtma berish uchun ularning havolalari orqali tegishli sahifalariga o‘tishingiz mumkin.

1. Xiaomi Mi Mix 2S (8/256 GB) smartfoni – 770 AQSh dollari

«Xitoycha Apple»ning ayni damgacha taqdim etgan smartfonlari ichida eng zo‘ri! Uni ortiqcha ta’riflab o‘tirish ham shartmas, zero, mazkur flagman haqida saytimizda juda ko‘p yozganmiz.

Xiaomi Mi Mix 2S smartfonini 770 dollarga sotib olish uchun mana bu havola orqali o‘ting.

2. Xiaomi Redmi Note 5 Pro (6/64 GB) smartfoni – 276 AQSh dollari

Ushbu smartfon – mazkur kompaniyaning bozorga chiqarilgan eng so‘nggi modellaridan biri. Uning xususiyatlarini ham saytimizdagi maqola va xabarlarda bayon etganmiz.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro (6/64 GB) smartfonini 276 dollarga xarid qilish sotib olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

3. Xiaomi Redmi Note 5 Pro (4/64 GB) smartfoni – 238 AQSh dollari

Yuqoridagi smartfonning tezkor va doimiy xotirasi kichikroq hajmga ega talqini. Ortiqcha tavsifga hojat yo‘q-a? Darvoqe, rasmga ham...

Xiaomi Redmi Note 5 (4/64 GB) smartfonini 238 dollarga sotib olish uchun mana bu havola orqali o‘tsangiz bo‘ladi.

4. Xiaomi Redmi Note 5 (3/32 GB) smartfoni – 192 AQSh dollari

Mazkur telefon ham O‘zbekistonda eng xaridorgir modellardan biridir. AliExpress onlayn bozorida uni sal arzonroqqa olishingiz mumkin. Smartfonning xususiyatlarini saytimizdagi maqolalarda ko‘rsatib o‘tganmiz.

Xiaomi Redmi Note 5 (3/32 GB) smartfonini 238 dollarga xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tsangiz bo‘ladi.

5. iPega PG-9025 geympadi – 21 AQSh dollari

Ushbu qurilma iOS hamda Android operatsion tizimli qurilmalar bilan ishlay oladi. Smartfon yoki planshetingizga uni Bluetooth orqali ulab, tezkor o‘yinlardan bemalol bahra olishingiz mumkin.

iPega PG-9025 geympadining xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlarini ko‘rish va 21 dollarga olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

6. Dawo PK S2 fitnes-brasleti – 13 AQSh dollari

Ko‘plab funksiyalarga ega, iOS hamda Android-telefonlar bilan sinxronlasha oluvchi ajoyib fitnes-bilaguzuk.

Dawo PK S2 fitnes-brasletining xususiyatlarini o‘rganish, suratlarini ko‘rib chiqish, 13 dollarga sotib olish uchun ushbu havola orqali uning sahifasiga o‘ting.

7. iPone X uchun Iiozo g‘ilofi – 3 AQSh dollari

Kupertinolik gigantning superflagmani Iiozo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘ziga xos suratlarga ega g‘iloflar bilan yanada jozibador ko‘rinadi.

Iiozo g‘iloflarining turlarini ko‘rish, jihatlari bilan tanishish va 3 dollarga olish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tish mumkin.

8. iPone X uchun Caseier g‘ilofi – 2 AQSh dollari

Navbatdagi g‘ilof ham iPone X smartfonini «kiyintirish» uchun ishlab chiqilgan. Balet uslubidagi suratlarga ega bu g‘iloflar ko‘proq xonimlarga ma’qul kelsa kerak.

Caseier g‘iloflarining turlarini ko‘rish, jihatlari bilan tanishish va 2 dollarga olish uchun ushbu havola orqali uning sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.