Microsoft Edge brauzerini endi iOS va Android-qurilmalarga bemalol o‘rnatish mumkin

  •   DiMaX
  •  1287
  •  13.10.2017 15:11

Microsoft Edge brauzerini endi iOS va Android-qurilmalarga bemalol o‘rnatish mumkin

Bundan bir hafta oldin Microsoft kompaniyasi iOS hamda Android operatsion tizimlari boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun Microsoft Edge mobil brauzerining beta-talqinini taqdim etgan edi. Endi ular rasman chiqarildi hamda istagan foydalanuvchi uni o‘rnatib, bemalol foydalanishi mumkin bo‘ldi.

Dastlab bu beta-versiyalarni faqat yopiq beta-test ishtirokchilarigina ishlatib ko‘ra olardilar. Lekin oradan bir necha kun o‘tib, Microsoft Edge’ni App Store do‘koniga, kecha esa Google Play’ga ham ommaviy foydalanish uchun chiqarishdi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur brauzer xatcho‘plar va ko‘rishlar tarixiga umumiy kirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Unda ovozli qidiruv funksiyasi hamda maxfiy rejim mavjud. Shuningdek, smartfonda ochilgan veb-sahifalarni ko‘rishni shaxsiy kompyuteringizda (yoki aksincha – kompyuterda boshlagan ishni smartfonda) ko‘rishni davom ettirishingiz ham mumkin.

Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Microsoft kompaniyasi Windows 10 Mobile «vafoti»ni tan oldi. Natijada korporatsiya smartfonlar bozoriga boshqa eshikdan kirishga urinmoqda. Masalan, u Android-qurilmalar uchun Microsoft Launcher qobiq-ilovasini yaratdi.

Darvoqe, Microsoft Edge’ni iOS yoki Android-qurilmangizga o‘rnatib olish uchun mana bu havola orqali maxsus sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!