Milliy elektron pochta foydalanuvchilari yarim milliondan oshdi

Milliy elektron pochta foydalanuvchilari yarim milliondan oshdi

2013 yilning 15 mayida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) ko‘magida UZINFOCOM Markazi tomonidan uMail.uz pochta xizmati ishga tushirilgan.

Joriy yilning 28 avgust holatiga ko‘ra, uMail.uz pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni — 502 000 nafardan oshgan.

uMail.uz pochtasi barcha foydalanuvchilarga qulay interfeysga ega bo‘lgan, spam va viruslardan ishonchli himoyalangan elektron pochta qutisini taklif qilib kelmoqda. Xizmatdan veb-interfeys va kompyuterda pochta mijozi sifatida foydalanish mumkin, shuningdek, xatlarni yozishda IMAP bayoni asosida ishlovchi tizimlar yordamida foydalanish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!