Moto G5 Plus smartfoniga tegishli yangi suratlar oshkor qilindi

Moto G5 Plus smartfoniga tegishli yangi suratlar oshkor qilindi

Bundan bir necha kun ilgari hali namoyish etilmagan smartfon – Moto G% Plus modeliga tegishli yangi suratlar internet tarmog‘ida e’lon qilindi. Qurilma tez orada taqdim etilishi kutilmoqda.

Agar oshkor etilgan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Moto G5 Plus 5,5 dyuymli Full HD formatidagi ekran, 13 Mpli asosiy va 5 Mpli old kameralar, Snapdragon 625 protsessori bilan jihozlanadi. Smartfon 4 GB operativ va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi, batareyasining sig‘imi – 3080 mA/soat.

Moto G5 Plus mart oyida sotuvga chiqadi, narxi hozircha noma’lum.

Manba: 3D News