Nihoyat iPhone uchun Samsung Gear ilovasi chiqarildi

Nihoyat iPhone uchun Samsung Gear ilovasi chiqarildi

Ma’lumki, Samsung Gear aqlli soatlari Samsung Gear App deb nomlanadigan maxsus ilova orqali boshqariladi. Bundan bir necha kun oldin ushbu ilovaning uzoq kutilgan iOS  versiyasi chiqarildi. Endilikda ushbu ilova yordamida iPhone va iPad foydalanuvchilari ham Samsung Gear soatlaridan (Gear Fit2, Gear S2, Gear S3) foydalanishlari mumkin bo‘ldi.

TechCrunch nashrining ma’lum qilishicha, Samsung ushbu soatlarning iOS qurilmalarid bilan ham to‘laqonli ishlashiga va’da bergan. Biroq iPhone foydalanuvchilarining iTunes`da qoldirgan sharhlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ilova ba’zi Gear soatlari bilan ishlamayapti va ayrim kutilgan funksiyalar ham mavjud emas (masalan, Samsung Pay).