Nokia 9’ning barcha tafsilotlari bitta videoda: Galaxy Note 8 kabi, faqat qiziqroq

  •   DiMaX
  •  1677
  •  30.10.2017 15:51

Nokia 9’ning barcha tafsilotlari bitta videoda: Galaxy Note 8 kabi, faqat qiziqroq

Bir qator manbalarning ta’kidlashlaricha, Nokia 9 flagmani shu yilning oxirigacha taqdim etiladi. Bu – mazkur kompaniyaning anchadan buyon tillardan tushmasdan kelayotgan, ammo hanuz namoyish etilmagan yagona qurilmasidir, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Mazkur devays hali keyingi yilning fevralida – Mobile World Congress (MWC) 2018 ko‘rgazmasidagina namoyish etiladi, degan fikrlar ham mavjud. Ammo qiziquvchilar Nokia 9 haqidagi hozirgacha barcha ma’lumotlarga tayangan holda uning konsepti videosini yaratishgan. Unda mazkur qurilmani har tomonlama tomosha qilish imkoni mavjud.

Mana, o‘zingiz bir ko‘ring-da:

Ko‘rib turganingizdek, Nokia 9 nimasi bilandir Samsung Galaxy Note 8 fabletini eslatib yuboradi, lekin undan ko‘ra qiziqarliroq ko‘rinadi. Bu smartfonning turli xususiyatlari bilan mana bu maqolamizda, oldingi videosi bilan esa mana bu manzilda batafsil tanishishingiz mumkin.

Aytish kerakki, Nokia 9 ertaroq chiqarilsa, bu hol Nokia 8 modelidagi qurilmalarning savdosiga salbiy ta’sir etadi. Shuni anglagan HMD Global kompaniyasi o‘zining yangi flagmanini keyingi yilga boribgina taqdim etishi ehtimoli yuqori.