Norvegiya FM-radiodan butunlay voz kechmoqchi

Norvegiya FM-radiodan butunlay voz kechmoqchi

Borgan sari dunyoda FM-radioning ahamiyati kamayib, foydalanuvchilar ko‘proq onlayn-striming servislariga o‘tishmoqda. Misol uchun, Norvegiya joriy haftada mazkur standartdan butunlay voz kechishini e’lon qildi.  Agar bu holat sodir bo‘lsa, jahon mamlakatlari ichida Norvegiya mazkur eski texnologiyani bekor qilgan ilk davlatga aylanadi.

Bunday qarorga 66% norvegiyaliklar qarshi chiqqan bo‘lsa, 17% aholi vakillari uni qo‘llab-quvvatlaganlar. Qizig‘i shundaki, mamlakatdagi 2 mln dona avtomobil shunchaki raqamli radiopriyomniklar bilan jihozlanmagan. Endilikda mamlakatdagi haydovchilar radio tinglash uchun avtomobilga mana shunday qurilma xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

Digital Radio Norway agentligining rahbari Ole Yorgenning aytishicha, Norvegiyada kundan-kunga FM-radio stansiyalar kamayib bormoqda. Aholining istagiga qarshi bo‘lsa-da, agentlik ushbu texnologiyadan voz kechishga qaror qilgan.

Manba: 4PDA

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.