OnePlus 5T: narxi, kamerasida olingan ilk suratlar

OnePlus 5T: narxi, kamerasida olingan ilk suratlar

OnePlus 5T to‘liq ekranli displeyi bilan diqqatni tortadi. U 6 dyuymli, optik AMOLED-displeyli va FHD + (1080 x 2160 pikselli) sig‘imli, 2.5D Corning Gorilla Glass shishasi bilan qoplangan, tomonlar nisbati 18:9 standartli ekranga ega bo‘ladi. Smartfon Snapdragon 835 protsessori, 6 GB / 8 GB tezkor va 64 GB hamda 128 GB doimiy xotira, shuningdek 5V / 4A Dash Chargye tezkor quvvat olish texnologiyasi bilan ta’minlangan 3,450 mA soat batareya bilan ta’minlanadi.


OnePlus 5T narx-navosi

64 gigabaytli doimiy xotiraga ega OnePlus 5T uchun 549 dollar narx belgilanishi kutilmoqda. Shuningdek, uning 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira talqini 649 dollardan sotiladi.

Kamera

Shu bilan birga, devaysning qiziqarli jihatlari qatorida kamerani aytish mumkin: orqa paneldagi 20 megapikselli Sony IMX398 sensoriga f / 1.7 standartidagi yorug‘lik taqsimlash qurilmasi va 16 megapikselli Sony IMX350 sensoriga f / 2,6 standartli yorug‘lik taqsimlovchi qurilmasi o‘rnatilgan. Old panelda esa boshqa bir 16 megapikselli va ilg‘or -- f / 1,6 standartidagi diafragmali Sony IMX371 moduliga guvoh bo‘lish mumkin.

Quyida OnePlus 5T smartfonida olingan va kompaniya asoschilaridan bo‘lgan Karl Pey hamda Pit Lau tomonidan e’lon qilingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Mazkur suratlar bilan birga, ularning har ikkalasi suratlarga nisbatan «Yorqin surat. Kamera kuchli bo‘lsa kerak. Yaxshi surat uchun kuchli kamera kerak» (Impressive photo. Must be a great camera / Cool photo, must have come from a great camera) deb izoh qoldirishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.