Oppo metall korpusli hamyonbop smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1300
  •  06.09.2017 12:29

Oppo metall korpusli hamyonbop smartfon taqdim etdi

Xitoyning Oppo kompaniyasi Pokiston va Malayziyada, aytarli shov-shuvlarsiz tarzda yangi smartfonini namoyish etdi. Metall korpusli, ammo narxi hamyonbop bo‘lgan ushbu A71 modeli haqidagi ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi saytida e’lon qilingan.

Mazkur modelga diagonali 5,2 dyuymga teng bo‘lgan HD sifatli (720 x 1280 pikselli) displey o‘rnatilgan. Old kamerasi 5 megapikselli bo‘lsa, asosiy kamerasi 13 megapikselli tasvirlar suratga oladi.


A71 smartfonining apparat qismiga kelsak, u 1,5 GGs takt chastotasiga ega bo‘lgan, sakkiz yadroli Mediatek MT6750 protsessori asosida ishlaydi. Qurilmaning tezkor xotirasi 3 GB, ichki flesh-xotirasi esa 16 GB hajmga ega.

Oppo’ning ushbu yangi gadjeti akkumulyatori 3000 mA/soat sig‘imga ega. Smartfon ikkita SIM-kartani, simsiz aloqaning LTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n) hamda Bluetooth 4.0 interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Devaysning korpus o‘lchamlari 148,1x73,8 x7,6 millimetrni, vazni esa 137 grammni tashkil etadi. Smartfon Color OS 3.1 qobig‘idagi Android 7.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Oppo A71 modeli taxminan 200 AQSh dollari narxida bozorga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!