O‘zbekiston o‘zining Uzphone messenjerini ishlab chiqmoqda

O‘zbekiston o‘zining Uzphone messenjerini ishlab chiqmoqda

"O‘zbektelekom" yaqin vaqt ichida Uzphone messenjerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning bildirishlaricha, u Telegram, Skype, Viber va WhatsApp messenjerlarining muqobili bo‘ladi.

Hozirda messenjer alfa-sinov bosqichida bo‘lib, u orqali hozircha matnli xabarlar jo‘natish va qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

"Hozircha u keng ommaga taqdim etilgani yo‘q. Ikki oy ichida beta-sinov bosqichiga o‘tamiz. Kelasi yili u rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan", — dedi "O‘zbektelekom" filiali direktori Marat Fattohov.

Fattohovning aytishicha, jahonga mashhur ilovalarning mahalliy muqobilini yaratish zarurati qator omillar, jumladan, xorij kompaniyalari O‘zbekistonda topayotgan daromadning bir qismini mamlakatda qoldirish istagi hamda foydalanuvchilarga kamroq traffik sarflash imkonini berish bilan bog‘liq.

Kelgusida, taxminan bir yildan so‘ng ilova smart-televizorlar va kuzatuv kameralari bilan ham bog‘lanadi. Kompaniya 1 million nafargacha ushbu messenjer foydalanuvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.