P10 Plus: “Malika”da sotilayotgan eng yangi Huawei

P10 Plus: “Malika”da sotilayotgan eng yangi Huawei

 Qisqa texnik tavsif:

Korpus materiali: metall, shisha, plastik;

Operatsion tizim: Android 7’ning Huawei EMUI 5.1 talqini;

Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE, WCDMA, LTE Cat 6, 2 ta SIM-karta (nanoSIM);

Platforma: Hisilicon Kirin 960

Protsessor: 8 yadroli: 4 ta yadro 2.4 GGs (Cortex-A73) va 4 yadro 1.8 GGs (Cortex-A53), big.LITTLE arxitekturasi;

Operativ xotira: 4/6 GB;

Ma’lumotlar uchun doimiy xotira: 64/128 GB, microSD qo‘shimcha xotira kartasi bo‘lmasi (bitta SIM-kartani o‘rnida);

Interfeys: Wi-Fi (a/b/g/n), Bluetooth 4.2 (BLE), USB Type-C (USB 2.0) zaryadlash/ma’lumot almashish uchun, 3.5 mm.li audio garnitura, DLNA, NFC;

Ekran: AMOLED, 5.5’’ dyuym, 2560 x 1440 belgi (2k yoki QHD), ekran yorug‘ligini avtomatik belgilash funksiyasi, himoya shishasi;

Kamera: 2 ta modulli – 20/12 MP, f/1.8, 2 tusli svetodiodli fotochaqnoq (fonar ham bo‘ladi), lazerli fokusirovka, optik barqarorlashtirish;

Old kamera: 8 MP, avtofokusli;

Navigatsiya: GPS, GLONASS, Galileo, BDS;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri;

Datchiklar: barmoq izlari skaneri, G-datchik, giroskop, kompas, oraliq-masofa, Xoll datchigi, infra-qizil datchik;

Batareya: ajralmas, Li-Pol, 3750 mA soat sig‘imli;

O‘lchamlari: 153,5 x 74,2 x 6.98 mm;

Vazni: 165 gramm.

 

Kirish: dizayn va boshqaruv elementlari

Huawei P10 Plus smartfoni misolida Huawei kompaniyasi o‘ziga xos an’anaviy dizayndan voz kechib, qo‘pol tarzda o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, uni Apple iPhone dizaynida ishlab chiqqan deyish mumkin: korpusning yassi qirralari, antenna joylashuvi, old panelda sensor tugma va barmoq izlari skanerining paydo bo‘lishi va boshqa o‘xshash jihatlar. Buni qaysidir ma’noda, raqiblarga yon berish deyish mumkin.

Huawei P10 Plus dizayniga xos yana bir o‘ziga xoslik — korpus ranglarining xilma-xilligi. Yuqorida ko‘rib turganingizdek, korpus rangi masalasida talabchan odam qiynalmay o‘z didiga mos rangni tanlashi mumkin.

O‘lchamlari. Bugun har bir yangi smartfon modeli yupqa va yengil bo‘lishda davom etmoqda. P10 Plus’ni avvalgi — P9 Plus bilan solishtirsak, yangisi qaytaga og‘irlashgan va korpusi millimetrga bo‘lsa ham qalinlashgan.

P9 Plus: 152.3 x 75.3 x 6.98 mm, ves 162 gramma

P10 Plus: 153,5 x 74,2 x 6.98 mm, ves 165 gramm

Displey. P10 Plus displeyi Corning kompaniyasining 5-avlod Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan va maxsus qoplamaga ega bo‘lmagani bois, barmoq izlariga o‘ch.

Ekran romi. P9 Plus old panelining yuqori qismida – 15 mm, P10 Plus esa – 16 mm; P9 Plus old panelning quyisida – 15 mm, P10 Plus esa – 17 mm; P9 Plus ekranining o‘ng va chap tomon qismlarida – 3.5 mm, P10 esa – 3 mm.li qalinlikdagi romga ega. Ya’ni, bu masalada yangi model nisbatan yaxshiroq.

P10 Plus’ning metall korpusi brendning boshqa modellaridan farq qiladi. Jumladan, ishlab chiqaruvchi bu gal metallga ishlov berishda silliq usulda pardoz berishni afzal ko‘rgan.

Korpusda elementlarning joylashuvi avvalgi dizaynda qolgan.

Old panel yuqori qismida – o‘tkazib yuborilgan voqealarni eslatib turadigan indikator, datchiklar, avtofokus tizimiga ega kamera, suhbat dinamigi. Dinamikning ovoz uzatishi baland va sifatli.

P10 Plus’ning displeyi quyisida esa sensor tugma mavjud. Unga barmoq izlari skaneri joriy qilingan. Bu tugma mexanik emas, botiq shaklda ishlangan. Uning qator boshqa funksiyalari ham mavjud: bosh menyuga qaytish, «Orqaga» amali, ilovalar ro‘yxatini chaqirish kabi.

Sozlamalarda bu klavishga ham kerakli funksiyani joriy qilsa bo‘ladi. Ammo, bosh tugma bosilganda titramasligi bir oz noqulay bo‘lishi mumkin. Ya’ni, siz smartfon buyrug‘ingizni angladimi, yo‘qmi darrov fahmlamaysiz.

P10 Plus korpusining quyisida 3.5 mm.li audio-tuynuk, USB-C porti, mikrofon va ovoz uzatuvchi dinamik mavjud.

Korpus o‘ng tomonida – qizil hoshiyali o‘chirib-yoqish knopkasi, sal yuqorida – ovozni boshqarish klavishi o‘rnatilgan.

Korpusning chap biqinida – 2 ta nano-SIM karta yoki bitta nano-SIM hamda 1 ta microSD xotira fleshkasi uchun metall bo‘lmacha mavjud.

P10 Plus’ning tom qismida ikkinchi mikrofon va infraqizil nurli port bor.

Orqa panelning yuqori qismidagi shisha uloqda 2 ta kamera modullari, fotochaqnoq, lazerli fokuslash moduli joylashgan hamda «Leica Summilux-H 1:1.8/27 ASPH» yozuvi tushirilgan.

 

Displey

Huawei P10 Plus devaysida diagonali 5.5 dyuym bo‘lgan, nurni qaytaruvchi qoplamaga ega va samarali ishlaydigan ekran o‘rnatilgan.

P10 Plus displeyining sig‘imi – 2K, ya’ni 2560 x 1440 belgiga teng. Uning tomonlari nisbati – 16:9, har bir dyuymdagi belgilar miqdori – 534 piksel. Ekran uchun IPS matritsa tanlangan. Aytish kerakki, undan oldingi model bo‘lgan P9 Plus’da FullHD, sig‘imli va AMOLED texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan matritsadan foydalanilgan.

Ekrandagi maksimal yorug‘lik miqdori – 500 kd/m2, P9 Plus’da – 400 kd/m2 bo‘lgan. Ya’ni, yangi model ilg‘or. P10 Plus ekranida ranglar o‘zgarishi (kontrast) – 1000:1 bo‘lsa, P9 Plus’da – 10 000:1 bo‘lgan.

Ekran markazida rang-tasvirdagi rang sifati qay darajada bo‘lsa, burchaklarda ham shu darajada sifatli. P10 Plus tasvirni to‘yingan va yuqori qarama-qarshilikka ega ranglarda namoyish etadi.

Platforma samaradorligi

P10 Plus smartfonidagi «elektron yurakcha» uchun brendning shaxsiy  Huawei Kirin 960 chipi: 64 bit 8 yadroli (4 yadro 2.4 GGs chastota tezligiga ega Cortex A73 hamda 4 yadro 1.8 GGs chastota tezligiga ega Cortex A53), Mali-G71 videokartasi tanlangan.

Telefon apparatining ishlashi tezkor va uzilishlarsiz. Hozir aksariyat zamonaviy gadjetlarda bunday kamchiliklar kuzatilmayapti, aslida. Yoki o‘ta arzon yoki sifatsiz operatsion tizimga ega gadjetlardagina “qotib qolish”lar kuzatiladi. P10 Plus’da grafikaga boy o‘yinlarni ham qiynalmay o‘ynash mumkin.

Og‘ir vazifalarni bajarayotganda korpus 40 gradusgacha qizishi mumkin.

Smartfon Google Android 7.0’ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqini boshqaruvida ishlaydi.

Xotira

P10 Plus sig‘imi 4 GB (VKY-L09) yoki 6 GB (VKY-L29) bo‘lgan tezkor xotira talqinlariga ega. Uning 64 yoki 128 gigabaytli doimiy xotiraga ega versiyalari bor. Uning 64 GB doimiy xotira talqinining ma’lumotlarni o‘qishi sekundiga 335 MB.ni, yozib olish esa 130 MB.ni tashkil qiladi.

Akkumulyator

P10 Plus modelida elektr toki sig‘imi 3750 mA soat bo‘lgan ajralmas litiy-ionli (Li-Ion) akkumulyatordan foydalanilgan. Bu — ayni damdagi ommabop smartfonlar orasida yirik sig‘imga ega gadjetlardan biri. Biroq, ekranning QHD ekanini hisobga olsak, bu quvvatning ham me’yori bor.

Gadjet to‘liq quvvat bilan o‘rtacha 24 soat ishlaydi: 1 soat qo‘ng‘iroqlashish, Wi-Fi orqali tvitter, pochta, skayp, vatsapp tarmoqlarida muntazam ma’lumotlar almashish (tonggi 9.00 dan 01.00 gacha), LTE.

Eng yuqori yorug‘likda video tomosha qilganda (Wi-Fi yoqig‘ holatda) smartfonning to‘liq quvvati 7.5 soatga, o‘yin o‘ynaganda – 5 soatga yetadi.

P10 Plus Huawei’ning SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. P10 Plus 14 daqiqada quvvatini 25%ga, 30 daqiqada 50%ga, 2 soatda esa to‘liq zaryadlab oladi.

Taqqoslash sifatida aytadigan bo‘lsak, P10 Plus quvvat masalasida Galaxy S7, OnePlus 3T va  Google Pixel XL kabi yetakchi smartfonlardan ustun.

 

Kommunikatsiya imkoniyatlari

Qurilma aloqaning 2G/3G, 4G CAT 6 kabi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Unda yaqin masofada to‘lovni amalga oshirish imkonini beruvchi NFC datchigi mavjud. Qolgan jihatlari boshqa Android-smartfon uchun standart o‘xshashliklar: GPS va GLONASS, Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.2, USB 2.0 (OTG).

Kameralari

Huawei P10 Plus qadimiy nemis firmasi bo‘lmish Leica’ning SUMMILUX bosh kamera modullari bilan maqtana oladi. 2 ta modulning biri 20 MP bo‘lib, u manzarani oq-qora rangda muhrlaydi. Ikkinchi kamera moduli esa rangli – 12 MP sig‘imli. Ob’yektivlarning  diafragmasi f=1,8 standartli. Bosh kamera lazerli va fazali fokuslash funksiyalariga ega. Shuningdek, Huawei P10 Plus optik barqarorlashtirish funksiyasiga ham ega. Bu kamera tasvirni 2 karra yaqinlashtirib suratga olish imkoniga ega.

P10 Plus olgan suratlar nisbatan yuqori kontrastga egna bo‘lsa ham, professional nazar bilan qaraganda detallashtirish darajasi yuqori bo‘lmasligi mumkin.

Chapda: iPhone 7 Plus                                                    O‘ngda: Huawei P10 Plus

Old kamera ham Leica’ga tegishli va u 8 megapiksel, f=1.9 diafragmali. Fokus yanada tezkor, fotosurat olish sifatli.

P10 Plus 4K sig‘imli, har sekundda 30 ta kadrli video tasvirga oladi.

Quyidagi, smartfon kamerasida olingan suratlar misolida P10 Plus’ning imkoniyatlariga o‘zingiz baho bering.

Multimedia

Huawei P10 Plus 2 ta stereodinamiklarga ega: biri quyi, ikkinchisi – korpus yuqorisidagi suhbat karnayi. Ularning ovoz uzatishi yuqori va tiniq, yo‘g‘on – raqiblari orasida eng yaxshisi!

Xulosa

P10 Plus — ekran sig‘imi yuqori bo‘lsa ham AMOLED matritsa emasligi bir oz taassufli. Kamerasi kutilgan darajada mahoratli emas. Jihatlariga ko‘ra, bu devays Samsung Galaxy S7 Edge kabi kuchlilar bilan kurashishga chog‘lanadi. Ammo, unda IP68 sertifikatining yo‘qligi, ya’ni korpusning chang va suvdan himoyalanmaganligi, kuchli kamera yo‘qligi pand berishi mumkin. Narxi esa, juda qimmat – O‘zbekiston bozorida Huawei P10 Plus 7,125,000 so‘mdan sotilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, Huawei yangi modeliga 2 ta bosh kamera moduli va yaxshiroq ekran o‘rnatib, uni qimmatroqqa pullash ilinjida.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 7,125,000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi