Qoyilmaqom Galaxy S9’ni ilk rasmiy va «jonli» suratlarda ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  3921
  •  29.11.2017 17:59

Qoyilmaqom Galaxy S9’ni ilk rasmiy va «jonli» suratlarda ko‘rsatishdi

Keyingi paytlarda Samsung’ning bo‘lajak flagmani – Galaxy S9 haqida gap-so‘zlar ko‘payib qolganidan xabaringiz bor. Bugun esa uning rasmiy fotorasmlarini namoyish etishdi, deb yozadi AKKet nashri.

O‘QING: Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, tasvirlarni @VenyaGeskin1 nikli insayder e’lon qilgan. Rasmlardan ko‘rish mumkinki, Galaxy S9’ning ekrani uning old panelini butkul egallagan. To‘g‘ri, uning tepasida ozroq joy qolgan – AMOLED-ekranga joylashtirishning umuman imkoni bo‘lmagan ko‘plab datchik va sensorlar shu yerdan o‘rin olgan. Smartfonning displeyi ham, uning yaxlit dizayni singari, qoyilmaqomdir.

O‘QING: Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Samsung Galaxy S9 orqa qopqog‘ida sensorlari tikka joylashgan qo‘shaloq asosiy kamerani ko‘ramiz. Uning ostida yonma-yon joylashgan ikkita chaqnoq, undan ham pastda esa daktiloskopik skaner mavjud. Nihoyat, janubiy koreyalik texnogigant uning uchun eng maqbul joyni topibdi – avvalgi modelda barmoq izi datchigi ham kamera sensori yonida joylashgani uchun, foydalanuvchilar kameraning ustiga bosaverib, uning tez kirlanib qolishidan nolishar edi.

Yanada pastroqda esa ishlab chiqaruvchining logotipi joylashgan.

Smartfonning yon qirralarida uchta tugmacha mavjud – ovozni balandlatish-pasaytirish, ekranni o‘chirish/yoqish hamda Bixby ovozli yordamchisini chaqirish tugmachalari.

Suratlarga qaraganda, Galaxy S9 korpusi, avvalgi modellardagi kabi, shishadan ishlangan. Demak, u qo‘ldan sirpanib tushib ketishi, zarbalarda darz ketishi, tez kirlanishi ehtimoli yuqori. Bir so‘z bilan aytganda, smartfonga g‘ilof kiydirish bilan uning korpusini asramasa bo‘lmaydi.

O‘QING: Galaxy S9’da eng ko‘p kutilgan funksiya umuman bo‘lmasligi mumkin

Shuningdek, insayder xabariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi flagmanini 2018 yilning 9–12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishini ham tasdiqlagan. Biroq uni savdoga yana ikki oy o‘tganidan keyingina chiqarishadi.

O‘QING: Galaxy S9, Xiaomi Mi7 va LG G7 flagmanlarini nima bog‘lab turadi?