RASMAN: Xiaomi romsiz Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus taqdimot sanasini aytdi

  •   DiMaX
  •  1808
  •  30.11.2017 10:13

RASMAN: Xiaomi romsiz Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus taqdimot sanasini aytdi

«Xitoycha Apple» jurnalistlarga 2017 yilning 7 dekabrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumani uchun taklifnoma tarqatmoqda. Mazkur tadbirda Redmi 5 hamda uning «Plus» talqini taqdim etilishi kutilayotir. Taklifnomani kompaniya o‘zining Weibo tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali e’lon qilgan.

E’lon qilingan rasmlar taqdim etiladigan smartfonlarning romsiz displeyli dizaynga ega ekanligini ko‘rsatadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi 5 modeli HD+ (1440 x 720 pikselli) tasvir aniqligiga ega bo‘lgan displey bilan jihozlanadi. Ekranning o‘lchami diagonaliga 5,7 dyuymga teng, tomonlari esa o‘zaro 18:9 nisbatda. Korpusning orqa panelidan daktiloskopik datchik o‘rin olgan. Asosiy kamerasi 12, old kamerasi esa 5 megapikselli modulga ega.

Qurilmaning «yuragi» – sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 450 protsessori. Uning tezkor xotirasi 2, 3 yoki 4 gigabayt, ichki xotirasi esa 16, 32 yoki 64 gigabayt hajmga ega. Shuningdek, 128 gigabaytgacha hajmli microSD formatli xotira kartasini qo‘yish imkoni bor. Akkumulyator sig‘imi 3200 mA/soatga teng.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 modellari internet do‘konida paydo bo‘ldi

Smartfonda ikkita SIM-kartani ishlatish mumkin, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4.2, GPS va GLONASS interfeyslari mavjud.

Xiaomi Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellari qora, pushti-tillarang, tillarang, oq, moviy, qizil, kul rang va kumushrang variantlarda ishlab chiqariladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Android 7.1.2 Nougat bazasidagi MIUI 8.5 talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Xiaomi bu yangi modeliga nega oxirgi MIUI 9 qobig‘ini o‘rnatmagani ham tushunarsiz bo‘lib qolayotir.

O‘QING: MIUI 9’gacha rasman yangilanadigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!