Rasmiy xabar: 8-avlod chipiga ega noutbuk taqdim qilindi

Rasmiy xabar: 8-avlod chipiga ega noutbuk taqdim qilindi

Yaqindagina Intel kompaniyasi Intel Core protsessorlar oilasining 8-avlodini taqdim qilgan edi. Mazkur protsessorlar mobil gadjetlarga mo‘ljallangan bo‘lib, 2 tasi 1 da tamoyili asosida yaratilgan gibrid, yupqa va yengil noutbuklarda foydalaniladi. Intel'ning tasdiqlashicha, 8-avlod Intel Core protsessorlari (U-series) kompaniyaning eng tezkor platformalari bo‘lib, ularning ishlash samaradorligi 7-avlod chiplariga qaraganda 40 foizga yuqori.

Xitoyning Lenovo kompaniyasi IFA 2017 ko‘rgazmasi doirasida 3 ta yangi gibrid noutbuk modellarini, jumladan  8-avlod Intel Core protsessorida ishlaydigan 1 ta modelni namoyish qildi. Ulardan 2 tasi  Yoga, bittasi Miix turkumiga mansub.Lenovo Yoga 920 gibrid noutbuki 13,9 dyuymli, Full HD yoki 4K sig‘imli, shuningdek sensorli IPS displeyga ega bo‘lgan. Uning ekrani va klaviatura paneli 360 gradusga buklanadi.

Lenovo Yoga 920 ekrani Lenovo Active Pen 2 stilus-qalamchasini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetda 8-avlod Intel Core i7 protsessori, 8 yoki (talqinidan kelib chiqib) 16 GB operativ, shuningdek 256 gigabaytdan 1 terabaytgacha doimiy xotira mavjud.

Lenovo Yoga 920'ga JBL dinamiklari, 2 ta USB-C (Thunderbolt va DisplayPort) portlari, 1 ta USB 3.0 porti, HD veb-kamera o‘rnatilgan.

Gadjet to‘liq quvvati 15,5 soatga (Full HD ekranda),  4K ekranda esa 10,8 soatga yetadi. Noutbuk 1,37 kg tosh bosadi. Apparat Windows 10 Home operatsion tizimida ishlaydi. Bu gadjet $1,330 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.

Lenovo Yoga 720 modeli bir oz ixcham: 12,5 dyuymli Full HD displey, 7-avlod Intel Core chipi, 4/12 GB operativ xotira, 128/512 GB doimiy xotira, 8 soatga yetadigan akkumulyator.