Samsung Galaxy smartfonlari uchun servis kodlari va tugmachalar kombinatsiyalari

  •   DiMaX
  •  46306
  •  24.02.2017 10:48

Samsung Galaxy smartfonlari uchun servis kodlari va tugmachalar kombinatsiyalari

Servis kodlari odatda oddiy rejimda amal qilmaydigan ayrim funksiyalarga ruxsat olish uchun kerak bo‘ladi. Aslida ular ko‘proq mutaxassislar qurilmaning ishlashini tekshirishlari uchun joriy etilgan, ammo oddiy foydalanuvchi ham bu kodlardan turli menyularni chiqarishda foydalansa bo‘ladi.

Quyida Samsung kompaniyasining smartfon va planshetlarida ishlatiladigan kodlar hamda tugmachalar kombinatsiyalarini o‘rganib olishingiz mumkin.

Servis kodlari qanday kiritiladi?

Hammasi juda oddiy – raqam tergichni ochasiz hamda kerakli belgilar va raqamlar kombinatsiyasini terasiz. Shundan keyin kerakli menyu o‘zi chiqadi, qo‘shimcha biror harakat qilish talab etilmaydi.

Diqqat qiling: mazkur ma’lumotlar tajribali foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Agarda siz mobil qurilmalarni ishlatish yo‘llari bilan yaxshi tanish bo‘lmasangiz, u holda sozlamalarga biror o‘zgartirish kiritmaganingiz ma’qul. Mazkur kodlarni terish yoki tugmachalarni bosish tufayli qurilmangizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar uchun mas’uliyat butunlay o‘z zimmangizdadir!

Xullasi kalom, Samsung Galaxy smartfon va planshetlarining barcha servis kodlari quyidagicha:

*#1234# – dasturiy ta’minot, modem versiyasini hamda hududni ko‘rsatadi.

*#06# – telefonning IMEI raqamini aks ettiradi.

*#0*# – bu kod orqali chaqiriladigan menyu orqali siz qurilmaning qismlari (LCD-panel, IQ-port, dinamik, kamera…) to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

*#07# – bu menyu yordamida tanangizga elektromagnit energiyasining yutilish koeffitsiyentini ko‘rishingiz mumkin.

*#0011# – siz ishlatayotgan GSM-tarmoq holatini ekranga chiqaradi.

*#0228# – akkumulyator holati haqidagi ma’lumotni ko‘rsatadi; shu yerda «Quick Start» tugmachasini bosib, uni kalibrovka qilishingiz ham mumkin.

*#0808# – USB parametrlarini sozlash; agar ular nimani anglatishini bilmasangiz, tegmaganingiz ma’qul.

*#9900# – tizim dampi rejimi. Tizim resurslarining damplari, shuningdek ularning qanday ishlayotganligi haqidagi ma’lumotni olish, shular orqali muammo qayerda ekanini aniqlash mumkin.

*#2663# – sensor ekranning dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, bu yerda Wi-Fi versiyasini ham aniqlash mumkin.

*#301279# – HSDPA/HSUPAni boshqarish menyusi.

*#8736364# – «havo orqali» yangilanish parametrlari.

*#528# – simsiz aloqa muhandislik menyusi.

*#3282*727336*# – ma’lumotlarni sarflash holati.

*#0588# – yaqinlashuv datchigini tekshirish rejimi.

*#0589# – yorug‘lik datchigini tekshirish rejimi.

*#03# – Nand Flash xotirasining seriya raqamini ko‘rish.

*#1575# – ichki GPS-priyomnikni boshqaruv menyusi.

*#0673# – ovozni tekshirish rejimi.

*#0842# – vibromotor ishini tekshirish.

*#232338# – sizning MAC manzilingizni ko‘rsatadi.

*#232331# – Bluetooth’ni tekshirish rejimi.

*#*#1472365#*#* – GPS’ni tekshirishning qo‘shimcha sozlamalari.

*#272*IMEI_raqamingiz#* – hududni ko‘rsatish/o‘zgartirish («IMEI_raqamingiz» o‘rniga o‘z telefoningiz IMEI raqamini kiritasiz).

Samsung Galaxy uchun foydali tugmachalar kombinatsiyalari

Rekaveri rejimiga kirish: smartfon o‘chiq turganida uning ovozini balandlatish tugmachasi, «Uyga» va qurilmani yoqish tugmachalarini baravar bosamiz.

Butloader/fastboot rejimiga kirish: telefonni o‘chirib turib, keyin uning ovozini pasaytirish tugmachasi, «Uyga» va qurilmani yoqish tugmachalarini birgalikda bosamiz.

Skrinshot olish: ekranda kerakli tasvir turgan holatida gadjetning ovozini balandlatish, «Uyga» va telefonni yoqish tugmachalarini baravar bosamiz.

Telefonni o‘chiq holatiga majburan o‘tkazish: bir vaqtning o‘zida ovozni pasaytirish va qurilmani yoqish tugmachalarini bosamiz.

O‘ylaymizki, mazkur servis kodlari hamda foydali tugmachalar kombinatsiyalaridan faqat oqilona foydalanasiz. Yana bir bor eslatamiz, o‘zingiz yaxshi bilmagan parametrlarni o‘zgartirishga urinmang, bunda qurilmangiz ishdan chiqishi yoki ichidagi ma’lumotlaringizdan ajralib qolishingiz mumkin.