Samsung'ning eng yaxshi 5 ta smartfoni: jihat va "Malika"dagi narxi

Samsung'ning eng yaxshi 5 ta smartfoni: jihat va

Ekspertlar tomonidan Samsung kompaniyasi shu vaqtga ishlab chiqargan va keng miqyosda sotgan eng yaxshi mobil aloqa vositalari reytingini ishlab chiqishdi. Quyida ular to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Ma’lumotlar modellarning eng so‘nggi talqinlariga daxldor.

Reytingda birinchi o‘rinni 2016 yilning eng yaxshi mobil aloqa vositasi deb tan olingan Samsung Galaxy S7 Edge egalladi.

Displey va ekran: 5.5 dyuy, QHD-sig‘im, SuperAMOLED matritsa, Always On funksiyasi, Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi;
Operativ xotira: 4 GB;
Doimiy xotira: 32/64 GB, qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 200 GB.gacha;
Protsessor: 8 yadroli, chastota tezligi 1.8 GGs bo‘lgan Exynos 8890, MALI T880 MP12 videokarta (ba’zi mintaqalarda Qualcomm Snapdragon 820);
Old kamera: 5 megapikselli, fotochaqnoq (ekran shu vazifani bajaradi);
Bosh kamera: 12 megapikselli, dual piksel va avtofokus tizimlari, fotochaqnoq, 4K video yoza oladi;
Akkumulyator: Li-Ion 3600 mA soat, quvvatni tejash va tezkor quvvatlash texnologiyalari. 3G aloqa tarmog‘ida 27 soatgacha muloqot;
"Malika"dagi narxi: 3 915 000 so‘m (Galaxy S7 Edge blue).


Eng yaxshi smartfonlar reytingida ishbilarmonlar sinfiga mo‘ljallangan va yaxshi kamerali Samsung A5 2-o‘rinni egallagan.

Displey va ekran: 5.2 dyuym, SuperAMOLED, FullHD (424 ppi);
Operativ xotira: 3 GB;
Doimiy xotira: 32 GB + microSD;
Protsessor: Exynos 7880 (sakkiz yadroli);
Old kamera: 16 (f=1.9);
Bosh kamera: 16 MP (f=1.9);
Akkumulyator: 3000 mA/c;
"Malika"dagi narxi: 2 750 000 so‘m.


Uchinchi o‘ringa o‘rta narx smartfonlaridan bir oz qimmat va flagmanlardan bir qadam orqada bo‘lgan Galaxy A7 smartfoni munosib ko‘rilgan. Undagi video karta bir oz orqada. Shu bois, gadjet "og‘ir" o‘yin ixlosmandlariga u qadar to‘g‘ri kelmaydi.

Displey va ekran: 5.7 dyuym, SuperAMOLED, FullHD, 386 ppi, yorug‘likni avtomatik sozlash, Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi, AlwaysOn faol displeyi;
Operativ xotira: 3 GB;
Doimiy xotira: 32 GB;
Protsessor: Exynos 7880, 8 yadro, 1.9 GGs (Cortex A53), Mali-T830MP3 grafik-tasvir protsessori;
Old kamera: 16 megapikselli (f/1.9), yuz tasviri (ko‘z, teri rangi, yuz tusi)ni yaxshilaydigan funksiya;
Bosh kamera: 16 megapikselli (f/1.9), svetodiodli fotochaqnoq, avtofokus;
Akkumulyator: Li-Ion 3600 mA soat, tezkor quvvatlash;
"Malika"dagi narxi: 3 015 000 so‘m.

To‘rtinchi o‘rinda boshlnag‘ich narxli Samsung Galaxy C5 smartfoni turibdi.

Displey va ekran: 5.2 dyuym, SuperAMOLED, FullHD;
Operativ xotira: 4 GB;
Doimiy xotira: 32/64 GB;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 617;
Old kamera: 8 Mp;
Bosh kamera: 16 Mp;
Akkumulyator: 2600 mA soat;
"Malika"dagi narxi: buyurtmaga $335 AQSh dollaridan olib kelinadi.

Eng peshqadam "beshlik"dan ilk romsiz Galaxy S8 flagmani o‘rin olgan.

Displey va ekran: 5,8 dyuymli, Super AMOLED, WQHD+ (2960×1440) pikselli, “Always on Display” (muntazam faol displey);
Operativ xotira: Qualcomm Snapdragon 835/ Samsung Exynos 8895;
Doimiy xotira: 64 GB;
Protsessor: 4 GB;
Old kamera: 8 megapikselli;
Bosh kamera: 12 megapikselli;
Akkumulyator: 3000 mA soat, tezkor quvvat olish texnologiyasi;
"Malika"dagi narxi: 5 260 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, Samsung smartfon sotishda jahonning eng peshqadam ishlab chiqaruvchisi. Undan keyingi o‘rinda hozircha Huawei, so‘ng Apple kompaniyalari turibdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!