Samsung'ning keyingi qo‘sh kamerali smartfoni: jihatlari va narxi

Samsung'ning keyingi qo‘sh kamerali smartfoni: jihatlari va narxi

Samsung kompaniyasining bosh kamerasi qo‘sh sensorli bo‘lgan ilk smartfoni Galaxy Note 8 flagmani bo‘ldi. Koreyalik gigant bugungi trendni hisobga olib, o‘zining o‘rta narxli gadjetlarini ham qo‘sh sensor bilan siylamoqda. Jumladan, Tailandda bosh kamerasiga 2 ta sensor o‘rnatilgan Samsung Galaxy J7+ smartfoni aniqlandi.

Dizayniga ko‘ra, Samsung Galaxy J7+ standart Galaxy J7 (2017)'dan bir oz farq qiladi. Apparat 5.5 dyuymli Full HD sig‘im va Super AMOLED matritsali displeyga ega bo‘lgan. Korpus to‘liq metalldan ishlangan bo‘lsa ham, quyi va yuqori qismda plastik uloqlardan foydalanilgan.

Galaxy J7 Plus'da 8 yadroli. chastota tezligi 2.39 GGs bo‘lgan  Exynos 7870 protsessori, 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Orqa kamerada optik linza hajmi f/1,7 bo‘lgan 13 megapikselli bosh va 5 megapikselli yordamchi moduldan foydalanilgan. Bu modullar bosh kameraga orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish imkonini beradi. Selfi kamera ham chakki emas -- 16 megapikselli va f/1,9 diafragmali. Samsung Galaxy J7+ smartfoni Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi va uni Oreo'ga yangilash mumkin.


Galaxy J7 Plus'dagi akkumulyator batareyasi 3000 mA·soat elektr toki sig‘imiga ega bo‘ladi. Nihoyat, o‘rta narxli smartfon turkumi ham Bixby ovozli yordamchi tizimi bilan ta’minlanadi. Ba’zi manbaalar devaysning foydalanuvchi qiyofasini tanish funksiyasiga ega bo‘lishini ham yozishmoqda.

Smartfonning 1 -- 6 sentyabrda Berlin (Germaniya)da o‘tadigan IFA 2017 texnologiyalar ko‘rgazmasida taqdim qilinishi kutilmoqda. Smartfon joriy yilning qishida 370 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!