Samsung saytida buklama Galaxy X «ko‘rindi»

  •   DiMaX
  •  1469
  •  21.11.2017 11:10

Samsung saytida buklama Galaxy X «ko‘rindi»

Koreyalik smartfonsozning buklanuvchi smartfoni – Galaxy X kodli nomi ostidagi qurilma kecha ishlab chiqaruvchining rasmiy qo‘llab-quvvatlash saytida paydo bo‘ldi.

O‘QING: Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

Qo‘llab-quvvatlash sahifasida SM-G888N0 model raqamiga ega smartfonni qo‘llab-quvvatlash haqida eslanadi. Janubiy Koreya uchun ishlab chiqariladigan Samsung Galaxy X ayni shunday raqamga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq ushbu model Janubiy Koreyaning Milliy aloqa agentligida, Bluetooth SIG hamda WiFi Alliance tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tgan.

Ammo Galaxy X birato‘la buklanuvchi displeyga ega bo‘ladimi, yoki Samsung bu gadjetini ikkita ekranli qiladimi – bunisi hozircha noma’lum. Mazkur devays 2018 yilning boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy X: qo‘sh ekranli buklama smartfon yaqinda taqdim etiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!