Samsung yana raqiblarining orqasiga pichoq urdi

Samsung yana raqiblarining orqasiga pichoq urdi

Samsung kompaniyasi yap-yangi, shuningdek navbatdagi eng samarali platforma bo‘lishi kutilayotgan Snapdragon 845 protsessorining ilk partiyasini bus-butunligicha xarid qildi. Natijada, boshqa raqiblar yana quruq qoladigan ko‘rinadi va 2018 yilning martida namoyish qilinadigan Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ mazkur kuchli Android-chipga ega navbatdagi ilg‘or flagmanlar bo‘lishadi.

Snapdragon 845 samaradorlikda Apple'ning eng kuchli A11 Bionic protsessoriga qarshi kurashadi. Snapdragon 845 — Qualcomm'ning 10 nanometrli texnik jarayonda ma’lumotni qayta ishlaydigan ikkinchi chipi bo‘ladi. Unga yordamchi sifatida Adreno 630 chipi video-kartasi ham tayyorlanmoqda. Snapdragon 845'dagi LTE-modem Cat.20 standartida sekundiga 1,2 Gbit ma’lumotni (5G) yuklab oladi.

businessinsider nashriga ko‘ra, Samsung va Qualcomm o‘rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi yangi chipdan birinchilardan bo‘lib va ehtiyoji doirasida foydalanadi. Shuningdek, eksklyuziv shartnomaga ko‘ra, Samsung Galaxy S9'ning ilk partiyasi savdoga chiqarilganidan keyingina Qualcomm ilg‘or Snapdragon 845 protsessorini boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilariga sotadi.

Samsung so‘nggi 2 yildan buyon bozordagi raqobatda g‘olib chiqish uchun mana shunday adolatsiz "o‘yin" rejasini tuzmoqda. Avvalgi yil ham Snapdragon 835 chipiga nisbatan qo‘llanilgan shunday siyosat bois, LG kompaniyasi o‘zining yangi G6 flagmaniga eskiroq -- Snapdragon 821 protsessorini o‘rnatishga majbur bo‘lgan edi va yaxshigina iqtisodiy inqirozga yuz tutdi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar esa flagmanlarini kechikib bozorga chiqarishga majbur bo‘lishdi.

2018 yilda ham, qator flagmanlar, jumladan Xiaomi Mi7 ham aynan shu tufayli 2-chorakda taqdim qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!