Smartfonni "o‘ldiruvchi" xatolaringiz

Smartfonni

Har birimiz smartfon foydalanuvchisi sifatida o‘zimizning qoidalarimizga egamiz. Ammo, bu odatlarning qanchalik to‘g‘ri yoki xatoligidan ko‘pchiligimiz bexabarmiz. Vaholanki, kichik xato ham qo‘limizdagi qadrli va qimmatbaho smartfon umrining qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quvvatni "0" foizga tushgunicha ishlatish

Litiy-ionli va litiy-polimer akkumulyatorlarda bir xususiyat mavjud — agar bu turdagi "quvvat toshi" o‘rnatilgan smartfonni quvvati 0 foizga tushguniga qadar foydalansangiz, bu akkumulyatorning quvvat sig‘imdorligi tobora pasayib boradi. Bunday bo‘lishini istamasangiz, akkumulyator quvvati 10 foizga tushishi bilan uni quvvatlashga qo‘yishga odatlaning. Shu taxlit smartfon batareyasi uzog‘roq faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, bugungi akkumulyatorlarning quvvatini 100% ga yetkazmang. Quvvat 80% ga yetishi bilan smartfonni quvvatlashdan oling.  Nazariy jihatdan, agar akkumulyator quvvatini 40 dan 80% oralig‘ida to‘ldirib tursangiz, u maksimal darajada uzoqroq xizmatingizda bo‘ladi. Bunga ixtisoslashgan maxsus ilovalar bor. Misol uchun, AccuBattery sizga smartfonni to‘g‘ri quvvatlashni o‘rgatadi.

Arzon akkumulyatorlardan ehtiyot bo‘ling

Soxta va arzon akkumulyator, shuningdek ba’zi bir quvvatlash qurilmalaridan foydalanish ham xavfli. Ularning ko‘pi qizib ketadi va xavfli hisoblanadi. Bunday vosita ishlab chiqaruvchilari provoda, kontroller va boshqa detallardan tejab qolishga harakat qilishadi.

Arzon kabeldan foydalanish

Arzon kabel ham yaxshi izolyasiyalanmagan bo‘ladi va quvvatlash qurilmasini ishdan chiqarishi yoki smartfon kontrollerida qisqa tutashuv keltirib chiqarishi mumkin.

Sifatsiz chexol

Ventilyasiya choralari ko‘rilgan sifatli chexol quvvatlash yoki "og‘ir" o‘yinlar o‘ynash chog‘ida akkumulyatorda kelib chiqadigan qizishni bir oz bo‘lsa ham pasaytiradi. Agar g‘ilof sifatsiz bo‘lsa bu isib ketish smartfonga yomon ta’sir qiladi. Agar sizdagi smartfon jildi haddan tashqari qalin va smartfonning qizib ketishi odatiy hol bo‘lsa, hoziroq buni choralarini ko‘ring. Hech bo‘lmaganda qizish kuzatilgan paytda g‘ilofni yechib qo‘ying.

Chang

Chang nafaqat odam, balki texnikalarning hayoti uchun ham xavfli ta’sir. Ayniqsa, ekran orqali smartfon ichiga changning kirishi ekranni ishdan chiqaradi. Qolaversa, smartfon ichiga kirgan chang platformada tiqin kabi yig‘ilib, qisqa tutashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin. Smartfonga chang tushmasligi uchun uni toza joyda saqlash kerak.

Smartfonni changdan himoya qilish uchun maxsus qopchiqchalardan foydalanish ham foydali.

Suv

Suv ham smartfon dushmani. Agar smartfoningiz korpusi suvdan himoyalanmagan bo‘lsa, nihoyatda e’tiborli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, yomg‘ir ostida ko‘pchilik smartfonlar ishdan chiqadi. Smartfonni ovqatlanish stolidan uzog‘roq tuting.

Qulash

Smartfonlarning halokati bilan bog‘liq aksariyat voqea, bu - uning qo‘ldan tushib ketishi. Yuqoridan qattiq yerga tushib ketgan gadjetning o‘ziga kelishi amrimahol. Bu kabi "qulash" aksariyat holda smartfonni yelka va quloq orasiga qistirish odati bois kelib chiqadi. Yaxshisi, ovoz quloqchinlaridan foydalanishga odatlaning.

Keraksiz paytda ham smartfonni tarmoqdan uzmaslik

Smartfonning Wi-Fi, Bluetooth, GPS va boshqa aloqa standartlariga muntazam ulanishi uning batareya quvvatdorligini tushirib yuboradi. Zarurat bo‘lmagan paytda smartfonni bu tarmoqlardan uzib qo‘ying.

Vibratsiyani tanlash

Vibratsiya funksiyadan foydalanish ham akkumulyatorning quvvatini bearmon so‘radi va uni ishdan chiqaradi.

Smartfonni issiq joyda saqlamang

Issiq joyda smartfonlarning quvvati tez tugaydi. Shu bois, ularni imkon qadar salqin joyda saqlang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!