Sony uni liderlikka qaytaruvchi ilg‘or flagmanlarni tayyorlamoqda

Sony uni liderlikka qaytaruvchi ilg‘or flagmanlarni tayyorlamoqda

Sony’ning mobil vositalar bo‘linmasida yuzaga kelayotgan muammolar, mobil savdoning pastligiga qaramasdan, kompaniya yangi smartfon ishlab chiqarishdan to‘xtayotgani yo‘q. Xususan,  Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2016 ko‘rgazmasiga kompaniyaning yangi — Xperia F8331 va F8332 flagmanlari bilan ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Bir muddat avval mazkur smartfonning ilk suratlari internet tarmog‘ida namoyish qilingan edi.

Yangi flagman Xperia X Performance modelining takomillashgan talqini bo‘lib, dizayn jihatdan bir oz farq qiladi. Xususan, Xperia F8331 va F8332 “aqlli telefon”larining korpusi silliq qayrilgan yon tomon hoshiyalarga, sirpanmaydigan dag‘al metalldan tayyorlangan orqa panelga ega.

Gadjet 5.1 dyuymli Full HD-displey, ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessori bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda flagmanga 2 ta bosh kamera o‘rnatiladi. Bosh kamera 23 megapikselli, old kamera 13 megapikselli surat, 4K-video tasvirga oladi. Xperia F8331 va F8332 mobil aloqa vositalari kompaniya ilk marotaba USB Type-C turidagi universal portni tatbiq etgan ilk smartfon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadigan IFA ko‘rgazmasi jahonning nufuzli elektronika va axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib, u joriy yilning 2 – 7 sentyabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadi. Unda Sony’ning yangi flagmanlarga bag‘ishlangan alohida matbuot tadbirini tashkil etishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!