Telegram’da shu haftadagi yangilanish orqali kutilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3304
  •  09.11.2017 12:06

Telegram’da shu haftadagi yangilanish orqali kutilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxati

Keng ommalashgan Telegram messenjerida shu haftadayoq yirik yangilanish amalga oshirilishi haqida yozganmiz. Telegram News kanalining ma’lum qilishicha, yangilangan messenjerda bir qator qulayliklar taqdim etiladi.

Yangilangan messenjerda foydalanuvchilarga taqdim etilajak o‘zgarishlardan, ayniqsa, displeyi o‘zgacha formatda bo‘lgan iPhone X smartfoniga moslashuvni ta’kidlab o‘tish mumkin. Shuningdek, Telegram’ning boshqa foydalanuvchilarini ham bir qator qulayliklar kutayotir.

Ulardan hozirgacha ma’lum bo‘lganlari quyidagilardir:

  • Bir nechta fotosuratni bitta xabarda yuborish va qabul qilish imkoni tug‘iladi.
  • iPhone X uchun bir nechta tuzatish va yangi funksiyalar, jumladan, Face ID’ni qo‘llab-quvvatlash joriy etiladi.
  • iOS uchun Telegram ilovasida kontekst menyusi yangilanadi, chiroyli rangdor belgichalar paydo bo‘ladi.
  • Messenjerdagi «Bulut» yoki «O‘z-o‘zi bilan chat» endilikda «Saqlangan xabarlar» deb ataladi.
  • Global qidiruvda kanal obunachilarining soni ko‘rsatiladigan bo‘ladi.
  • «Tanlangan stikerlar» bo‘limi yaxshilanadi. Sevimli stikerlarning eskilarini tiklash uchun yangilaridan ba’zilarini o‘chirish mumkin bo‘ladi.
  • Sal noqulayroq tuyuladigan «a’zolar» atamasi o‘rniga «obunachilar» qo‘llanadi.

Bulardan tashqari kutilmagan yangi qulayliklar ham bo‘lishi tabiiy, albatta. Ular bilan birinchilar qatorida tanishish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: «Terabayt.Uz» tavsiya etadi: foydali Telegram-kanallar