Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  5700
  •  01.12.2017 15:07

Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Ba’zida messenjerdagi biror muhim yozishmani saqlab qo‘yish zarurati tug‘ilib qoladi. To‘g‘ri, buning uchun bir nechta skrinshot olish ham mumkin, biroq yozishmalar uzun bo‘lsa, skrinshot usuli noqulaylik tug‘diradi.

Shu kabi hollarda Telegram’dagi uzundan-uzoq yozishmalarni bitta fayl tarzida saqlab olish usulini «Setevoy Vestnik» kanali tavsiya etgan.

O‘QING: Telegram’ning desktop ilovasi 1.1.24 alpha talqinida chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Buning uchun sizga kompyuter (yoki noutbuk) hamda unga o‘rnatilgan Chrome yoxud Firefox brauzeri kerak bo‘ladi. Kerakli yozishmani saqlab olish uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:

  1. Brauzerda Telegram’ning veb-versiyasini (web.telegram.org) ochib, o‘z akkauntingizga kirasiz.
  2. Kerakli yozishma (chat)ni tanlaysiz.
  3. Yozishmaning qayeridagi xabardan boshlab nusxa olish kerak bo‘lsa, o‘sha yergacha varaqlab chiqasiz. Agar chat juda uzun bo‘lsa, eng birinchi xabarga borish uchun «Home» tugmachasini bosib ushlab tursangiz ham bo‘ladi.
  4. Brauzer menyusiga kirib, «Chop etish» («Pechat») funksiyasini tanlaysiz.
  5. Chop etish variantlari orasidan «PDF holida saqlash» («Soxranit v PDF»)ni tanlaysiz va yozishmani fayl ko‘rinishida saqlab olasiz.

Shu tariqa, yozishmadagi barcha xabarlar – undagi suratlari, stiker va smayllar bilan birga qulay PDF formatida bitta faylda saqlanadi.

O‘QING: Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!