Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  3519
  •  03.03.2018 15:05

Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

PROMT kompaniyasi o‘zining 20 yilligi sharafiga Skype hamda Telegram messenjerlari uchun Translate.Ru tarjimon-botini ishga tushirdi. Ushbu servis 15 tilni biladi va hatto katta matnlarni ham messenjerdan chiqmasdan turib o‘girish imkonini beradi.

O‘QING: Android uchun eng yaxshi tarjimon-ilovalar

Tarjimon-botning ishlash tamoyili juda oddiy: u bilan muloqotda kerakli matnni terish (yoki nusxasini tashlash) va botga yuborish kifoya. Dastlabki sozlamalar bo‘yicha u inglizchadan ruschaga o‘giradi. Lekin sozlamalar menyusi orqali boshqa variantlarni ham tanlash mumkin.

Avtomatik tarjimadan tashqari, Translate.Ru botining yana bir foydali funksiyasi bor – so‘zning tarjimasi turli kontekstlarda qanday qo‘llanishi mumkinligini misollarda ko‘rsatib bera oladi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun menyuda «Misollar bo‘yicha izlash» («Poisk po primeram») bandini yoqib qo‘yish lozim. So‘ng bir yoki bir nechta so‘zni tersangiz bas – bot sizga ushbu so‘z va birikmalar qatnashgan misollarni original tilda va tarjimada taqdim etadi.

O‘QING: Telegram’dagi eng yaxshi botlar

Agarda siz Telegram’da xorijiy tilli kanallarga obuna bo‘lib qo‘ygan bo‘lsangiz, uning postlarini «Pereslat» funksiyasi orqali butunicha Translate.Ru botiga yuborsangiz ham bo‘ladi – tarjimon-bot ularni o‘girib beradi. Bot interfeysida siz original matnni ham tarjimani ham ko‘rasiz.

Skype’da Translate.Ru botini o‘z kontaktlaringizga qo‘shish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz lozim bo‘ladi. PROMT kompaniyasining Telegram’dagi botiga yozish uchun esa ushbu havolani bosing.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r botlar va kanallar-5: inglizchani o‘rganuvchilar uchun!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.