«Terabayt.Uz» tavsiya etadi: foydali Telegram-kanallar

  •   DiMaX
  •  5214
  •  05.10.2017 18:50

«Terabayt.Uz» tavsiya etadi: foydali Telegram-kanallar

Hozirda messenjerlarning funksiyalari doirasi kengayib, ular nafaqat shaxsiy muloqotlar vositasi, balki turli ma’lumotlarni yetkazish yo‘lagi vazifasini ham bajarmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda eng keng tarqalgan Telegram’da shu maqsadlarda ko‘plab kanallar ochilgan.

Bugun biz sizga Telegram’dagi eng ishonchli va foydali kanallar ro‘yxatini taqdim etmoqdamiz. Ularning har biri o‘z yo‘nalishida ilg‘or, obunachilar uchun foydali va shu bilan birga qiziqarli ham.

Avvalo, «Carzone.uz – Avto Market» (@GmUzbekistan) nomli e’lonlar kanaliga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bu bizning hamkorimiz – Carzone.Uz saytiga tegishli kanal bo‘lib, uni Telegram’dagi mashina bozori, desak ham adashmaymiz. Zero, kanalda sayt yangiliklaridan tashqari, avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari, aksessuarlari savdosiga oid e’lonlar BEPUL tarzda berib boriladi. Kanalning obunachilari soni 28500 nafardan oshiq ekanini hisobga olsak, e’lonlar qancha keng auditoriyaga yetib borishini tasavvur qilish qiyin emas. Agarda bu borada e’loningiz bo‘lsa, uni Telegram’dagi @Gm_Uz_bot botiga yuborishingiz mumkin.

Yana bir foydali kanal – «Toshkent Bozor» (@torgovlya_uz) esa elektrotexnika jihozlari va boshqa narsa-buyumlar savdosiga ixtisoslashtirilgan. Undagi e’lonlar orasidan o‘zingizga kerakli mahsulotni uchratishingiz, yoki uning 19500 ming nafardan ortiq a’zolari orasidan o‘z tovaringizga xaridorni topishingiz aniq. Buning e’loningizni @toshkent_bozor_bot botiga BEPUL tarzda jo‘nating.

Terabayt.uz saytimizning kanali esa «Terabayt.uz – Xabarlar» (@terabaytuz) deb nomlanadi. Unda ushbu saytimizga joylanayotgan yangiliklar, maqolalar, tavsiflar, narxlar haqidagi xabarlar muntazam tarzda berib boriladi. Hozirda bu kanalni 10000 dan oshiq a’zo muntazam kuzatib kelmoqda. Kanalda qidiruv funksiyasi orqali biror so‘z yordamida o‘zingizga kerakli maqola sarlavhasini topishingiz, havolasi yordamida saytimizga o‘tib, uni o‘qishingiz mumkin.

Yana bir qiziqarli sayt – Sof.uz’ning ushbu messenjerdagi kanali ham sayt nomi bilan – «Sof.uz» (@sofuzb) deb ataladi. Saytdagi turli yangiliklar va tahliliy maqolalar haqida kanalda xabarlar berib boriladi. Uning obunachilari soni 9000 nafardan oshiq. Marhamat, siz ham ular safiga qo‘shiling va har kuni qaynoq yangiliklardan birinchilar qatori boxabar bo‘lib boring.

Asosan yoshlarimiz va ilm istagida bo‘lganlar uchun grantlar.uz nomli ajoyib sayt faoliyat yuritmoqda. U ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar va hatto ish, amaliyot va volontyorlik o‘rinlari haqida sizni xabardor qiladi. Ushbu sayt haqidagi batafsil ma’lumotlarni mana bu manzildan olishingiz mumkin, biz sizga esa uning Telegram-kanalini tanishtirmoqchimiz. U «Grantlar.uz» (@grantlar) deb nomlangan bo‘lib, saytdagi yangiliklarni muntazam tarzda obunachilariga ulashib kelmoqda. Kanal a’zolari soni salkam 6000 nafarni tashkil etadi va sizda ham ular safiga qo‘shilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Erkak.uz sayti erkaklarimizni, yigitlarimizni yaxshiroq turmush o‘rtog‘i, ota, aka, uka, shuningdek vatanparvar va tadbirkor bo‘lishga ilhomlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Sayt haqida mana bu yerda batafsil ma’lumot olish imkoni bor. Uning Telegram-kanali ham sayt nomi bilan bir xil – «Erkak.uz» (@uzerkak) deb yuritiladi. Kanalning 2000 nafardan ziyod obunachisi mavjud.

Erkak.uz sayti bo‘lgach, albatta, Ayol.uz sayti ham bo‘lishi tabiiy hol. 2002 yil «O‘zbek ayollariga bag‘ishlangan birinchi onlayn elektron jurnal» sifatida o‘z faoliyatini boshlagan ushbu sayt bugungi kunga kelib, ayol-qizlarimiz uchun ajoyib manbaga aylangan. Uning Telegram’dagi kanali – «Ayol.uz» (@uzayol) ham qiz va ayollar uchun saytdagi qiziqarli xabarlar, maqolalarni berib boradi. Ushbu kanal auditoriyasi 1000 nafardan oshiq obunachini o‘z ichiga olgan.

Farzand tarbiyasi, parvarishi haqida o‘zbekzabon saytlar ko‘p, ammo farzand.uz sayti yagona. Unda bolajonlarimizni to‘g‘ri tarbiyalash va salomatligiga qarash, shuningdek, homiladorlik davri uchun muhim holatlar xususida maqolalar, yangiliklar berib boriladi. Uning Telegram-kanali «Farzand.uz» (@farzand_uz) bo‘lib, unda saytga qo‘yilgan maqolalar, shuningdek, rasmlar joylab boriladi. Kanalning a’zolari 1000 nafarga yaqin, siz ham ular safiga qo‘shilib, kerakli ma’lumotlarni olib borishingiz mumkin.

Ushbu kanallardan birortasida (yoki bir nechtasida) reklama berish uchun, Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!