Tesla gadjetlar uchun ilk poverbankni sotuvga chiqardi

Tesla gadjetlar uchun ilk poverbankni sotuvga chiqardi

Tesla o‘tgan haftada 2 yangi avtomobili bilan birga, elektr quvvatiga muhtoj muxlislari uchun yana bir gadjetni taqdim qildi. Aytish joizki, bu qurilma ham iPhone, ham Android-smartfonlari egalari uchun birdek foydali.

Powerbank deb nom olgan qo‘shimcha quvvat batareyasida USB, microUSB hamda Lightning konnektorlari bo‘lib, bu foydalanuvchiga unda iPhone, iPad va Android-smartfonlarni quvvatlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, akkumulyator ishlab chiqarishga egalik qiluvchi Gigafactory zavodi Tesla kompaniyasiga qarashli. Bu yerda avtomobil va xo‘jalik uchun turli hajmdagi batareyalar ishlab chiqariladi.

Powerbank akkumulyatorining tok sig‘imi 3 350 mA soat. Uning o‘lchamlari — 108 x 30.5 x 23.3 mm. Akkumulyator uchun kompaniyaning rasmiy internet-do‘konida 45 AQSh dollari so‘ralmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya saytida Tesla avtomobillarini quvvatlashga mo‘ljallangan Supercharger zaryadlash stansiyasining ixcham talqini ham sotilmoqda. Uning bahosi ham 45 dollar. Powerbank'dan farqli ravishda, bu jajji mahsulotda biror foydali funksiya tatbiq qilinmagan. Boisi, u bor-yo‘g‘i suvenir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!