Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi «Like» va «Klass»lari sababli salkam 10 yilga qamaldi

  •   DiMaX
  •  1496
  •  10.05.2018 19:09

Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi «Like» va «Klass»lari sababli salkam 10 yilga qamaldi

Biz ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarimizni erkin oshkor etamiz, birovlarning fikrlariga munosabat bildiramiz. To‘g‘ri, bu – bizning huquqimiz, ammo shunisi ham borki, bizning huquqlarimiz boshqalarning huquqlariga daxl etmasligi lozim.

Aynan so‘z erkinligiga kelsak, o‘zgalarning shaxsiga nisbatan haqorat ishlatish, davlat tuzumiga qarshi harakatlarga undash kabilar endi erkinlik doirasidan chiqib, boshqalarning erkinligiga daxl qilish hisoblanadi.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi

Jumladan, Tojikistonning Xatlon viloyati Vaxsh tumanida yashovchi fuqaro Alijon Sharipov ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlari sababli hibsga olindi, deb yozadi «Sputnik Tojikiston» nashri. Xabarga ko‘ra, u mazkur mamlakatda ta’qiqlangan va terrorchilik tashkiloti deb rasman e’lon qilingan partiya rahbarlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini «Like» hamda «Klass» tugmachalari orqali ma’qullagani sababli qo‘lga olingan.

Joriy yilning 3 yanvar kuni o‘zi yashayotgan Mehrobod qishlog‘ida qo‘lga olingan Sharipov tergov davomida bu ishlarini tan olgan. Biroq mazkur harakatlari noqonuniy ekanini bilmaganini e’tirof etgan. Unga nisbatan to‘qqiz yarim yil muddatda ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llangan.

Aytish kerakki, yaqin ijtimoiy tarmoqning o‘zbekistonlik foydalanuvchisining harakatlari yuzasidan ham ish qo‘zg‘atilgan edi.

O‘QING: Xalq ta’limi vazirligi: "Facebook'dagi post bo‘yicha jinoiy ish ochildi"

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!