Top Gear boshlovchilarining startapiga 21st Century Fox 6,5 mln dollar sarmoya kiritadi

Top Gear boshlovchilarining startapiga 21st Century Fox 6,5 mln dollar sarmoya kiritadi

21st Century Fox mediaxoldingi Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchilari tashkil etadigan ijtimoiy tarmoqqa 6,5 mln dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoq  Drivetribe deb nomlanadi va u ko‘rsatuvning sobiq boshlovchilari Djeremi Klarkson, Richard Xammond va Djeyms Mey tomonidan yaratiladi.

Mazkur kelishuv o‘tgan bir oy davomida Klarkson, Xammond va Mey jalb qilishga erishgan ikkinchi investitsiya loyihasi hisoblanadi. Bundan avval ular jami 5,5 mln dollarga teng sarmoya kiritadigan homiyni topishgan edi.

Drivetribe tarmog‘ida asosan videolar joylanadi, biroq foydalanuvchilar bir-biri bilan muloqotga kirishishi va qiziqishlar bo‘yicha guruhlarga birlashishlari mumkin bo‘ladi.

Guruhlar turli mashhur shaxslar tomonidan boshqarilishi kutilmoqda. Misol uchun, Top Gear boshlovchilari tarmoq hayotida faol ishtirok etish maqsadida.

Drivetribe ijtimoiy tarmog‘ining ochilishi shu yilning noyabr oyiga rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Klarkson, Xammond va Mey tez orada Amazon Prime videoservisida paydo bo‘ladigan The Grand Tour nomli avtomobillarga bag‘ishlangan shou ustida ish olib borishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!