Tramp bolalarni kim qotilga aylantirayotganini aytdi

Tramp bolalarni kim qotilga aylantirayotganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp kompyuter o‘yinlarini maktablarda tashkil qilinayotgan otishmalarning bosh omili ekanini ham aytgan edi.

Kompyuetr o‘yinlarining salomatlikka ta’siri to‘liq isbot qilinmagan bo‘lsa ham, AQSh prezidentining fikricha, yovuz qahramonli o‘yinlar bolalarni qotil qilib tarbiyalamoqda. Donald Tramp mazkur fikrni 8 mart kuni Kongress vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan. Mazkur yig‘ilishda Ko‘ngilochar dasturiy mahsulotlar assotsiatsiyasi vakillari, ya’ni video o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbarlari ham ishtirok etishgan.

Oq uy rahbarining qayd etishicha. bunday o‘yinlar bolada tajovuzkorlik kayfiyatini oshiradi hamda tanadagi ijobiylik tuyg‘ularini yo‘qqa chiqaradi.

"Men oxirgi paytlarda video o‘yinlardagi tajovuzkorlik bolalarning ongiga salbiy ta’sir qilayogtani haqida ko‘p eshityapman. Bu o‘yinlar jamiyat uchun zararli xatarli maxluqlarni tarbiyalamoqda", deydi Donald Tramp.

Biroq, aksariyat amerikaliklar Trampning bu fikrini qo‘llab-quvvatlamayapti. Ularning fikricha, bu hali ilmiy jihatdan o‘rganilmagan da’vo.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!