Ulefone Armor Mini – quvvati 21 kunga yetuvchi, «o‘ldirib bo‘lmas» arzon telefon

  •   DiMaX
  •  3287
  •  17.04.2018 11:55

Ulefone Armor Mini – quvvati 21 kunga yetuvchi, «o‘ldirib bo‘lmas» arzon telefon

Zamonaviy smartfonlarda turli texnologiyalar, xayolga kelmagan funksiyalar ko‘p bo‘lsa-da, oddiy foydalanuvchi baribir ularning aksariyatidan foydalanmaydi. Asosan so‘zlashish, SMS-xabar yozish kabi vazifalarni esa arzongina narxdagi boshlang‘ich telefonlar ham uddalaydi.

Xo‘sh, shu tugmachali oddiy telefonning o‘zi mustahkam himoyaga, sig‘imdor akkumulyatorga ega bo‘lsa-chi, olarmidingiz? Biz AliExpress shunaqa bitta gadjetga duch kelib qoldik va bu haqda sizga ma’lumot berishga qaror qildik.

Bu – Ulefone brendining Armor Mini rusumli telefoni bo‘lib, u na balandlikdan tushib ketishdan, na suvdan qo‘rqmaydi. Chunki bu gadjet IP68 standartiga ko‘ra mustahkam himoyaga ega.

Ishlab chiqaruvchi mazkur devaysini sayyohlar, qutqaruvchilar, shuningdek, ish faoliyati turli kutilmagan vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kasb egalariga juda mos, deya ta’riflaydi. Bizningcha esa, Ulefone Armor Mini – o‘zimizning oddiy xalq uchun ham qulay telefondir. Ayniqsa, uzoq yo‘lda yuruvchilar, suvli-changli sharoitlarda yoki uydan uzoqroqda ishlaydiganlarga uning avtonomligi va himoyalanganligi qo‘l kelishi aniq.

Ulefone Armor Mini batareyasi 2 500 mA/soat sig‘imga ega. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning quvvati gaplashish rejimida 12 soatgacha, kutish rejimida esa naq 21 kungacha yetadi. Bulardan tashqari, bu telefon batareyasi poverbank vazifasini ham bajara oladi; ya’ni – boshqa smartfonlarni Armor Mini telefonidan quvvatlashingiz mumkin.

Telefon 2,4 dyuymlik rangli ekran va moddiy klaviatura bilan jihozlangan. O‘zidagi fonarik tungi mahalda, kam yoritilgan sharoitlarda ishlovchilar uchun ayni muddao. Shuningdek, FM-radiosi uzoq yo‘lda zerikmasligingizni ta’minlaydi. Orqa panelida kamera ham bor, ammo u atigi 0,3 megapikselli bo‘lgani bois sifatli suratlar va videolar olishga qurbi yetmaydi. Nachora, yo‘qdan ko‘ra yaxshi...

Biroq ikkita SIM-kartali, mustahkam himoyali Ulefone Armor Mini baribir o‘z narxiga arziydi. AliExpress onlayn savdo platformasida bu telefonni 49.99 AQSh dollari narxida savdoga qo‘yishgan, bu esa taxminan 410 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Ushbu «o‘ldirib bo‘lmas» telefonning boshqa xususiyatlari va rasmlari bilan tanishish, shuningdek, buyurtma berish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!