UMIDIGI Z2: iPhone X'ga "dam beradigan" yangi smartfon

UMIDIGI Z2: iPhone X'ga

2017 yilning innovatsiyalari qatoridan o‘rin olgan iPhone X smartfoni Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus modellarini ham Apple kompaniyasi ro‘yxatga olmagan quvvatlash qurilmalarida ham quvvatlash mumkin. Bu texnologiyada smartfon uzog‘i bilan 5W kuchlanishda quvvat oladi. Natijada, smartfon to‘liq quvvat olishi uchun uzoq vaqt, ya’ni 3 soat kerak bo‘ladi. Bu vaqt, ayniqsa yangi -- UMIDIGI Z2 smartfoni bilan solishtirganda, juda uzoq vaqt degani.

Xitoyda hamyonbop smartfonlari bilan tanilib borayotgan UMIDIGI kompaniyasi shu kunlarda UMIDIGI Z2 modelini reklama qilish bilan band.

Kuni kecha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu model 5A / 15W standartida simsiz quvvat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, bu smartfon iPhone X flagmaniga qaraganda 2 marta tezkor quvvat oladi.

Bugunga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, UMIDIGI Z2 smartfoni 6,2 dyuymli romsiz hamda tomonlar nisbati 18:9 standartidagi, piksel sig‘imi 2160 ga 1080 belgiga teng (FHD+) displey, shu bilan birga, elektr toki sig‘imi 7000 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyasi bilan ta’minlanadi. Akkumulyator tezkor quvvat olish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, 5A / 15W standarti bo‘yicha telefon akkumulyatori bir soatda quvvatini 0% dan 80% gacha to‘ldirib oladi. Bu ko‘rsatkich -- misli ko‘rilmagan darajada yuqori.

iPhone X «kushandasi» birato‘la 4 ta kamera modullariga ega bo‘lgan: 2 ta bosh va 2 ta selfi kameralar.

Smartfonning apparat ta’minoti uchun 8 yadroli kuchli protsessor -- Qualcomm Snapdragon 845 mas’ul bo‘ladi. Uning chastota tebranishining tezligi 2,8 GGs. Devaysdagi NFC moduli esa kontaktsiz to‘lov tizimlaridan foydalanish uchun ayni muddao.

UMIDIGI Z2 smartfoni taqdimoti yaqin haftalarda kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.