UMS biryo‘la ikkita yangi tarif rejasini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  4575
  •  07.03.2018 18:32

UMS biryo‘la ikkita yangi tarif rejasini taqdim etdi

O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari abonentlarga turli qulayliklar taqdim etishdan, yangi tarif rejalari ishlab chiqishdan charchamayaptilar. Jumladan, UMS kompaniyasi muhtarama ayollar bayrami arafasida – 2018 yilning 7 mart kuni biryo‘la ikkita qulay tarif rejasini e’lon qildi.

O‘QING: UMS: Mijozlar hisobidagi mablag‘lar noo‘rin sarflanishi ularning e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladi

Ushbu tarif rejalari «Optimal» hamda «Optimal+» deb nomlangan bo‘lib, abonentlar o‘zlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ulardan biriga ulanishlari mumkin.

«Optimal» tarif rejasi ko‘proq qo‘ng‘iroq qiladigan kishilar uchun juda qulay. Unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 600 daqiqa, 1000 megabayt internet-trafik, 600 SMS-xabar taqdim etiladi.

Ko‘proq internetdan foydalanadigan abonentlar uchun esa «Optimal+» yangi tarif rejasi mos. Unda mijozlarga har oyda naq 1600 megabayt hajmida internet-trafik ajratiladi! Shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 200 daqiqa hamda 200 SMS-xabar ham taqdim etiladi.

Oylik abonent to‘lovi esa har ikkala tarif rejasida ham bir xil – 33 000 so‘mga teng.

Batafsil ma’lumotni operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.