O‘zbekistonda “mobil qullik” yil yakuniga qadar tugatiladi

O‘zbekistonda “mobil qullik” yil yakuniga qadar tugatiladi

17 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mobil aloqa abonentlarining yagona operatorga tobeligi, xalq tilida aytganda, “mobil qullik” yil oxiriga qadar bartaraf qilinishi qayd etildi. Bu to‘g‘rida “O‘zbektelekom” AK bosh direktori Shuhrat Qodirov ma’lum qildi.

“So‘nggi 3-4 oy davomida bu masala hukumat va mobil aloqa operatorlari bilan muhokama qilinmoqda, huquqiy va texnik asoslari o‘rganilmoqda. Ayni kunlarda mobil operatorlar rahbarlari bilan shu bo‘yicha uchrashuvlar kutilmoqda. Bu yo‘nalishda jiddiy ishlayapmiz”, deydi Sh.Qodirov.

Shundan so‘ng, muayyan operator abonenti boshqa mobil operatorning xizmatlaridan foydalanishga qaror qilsa, o‘zining mobil telefon raqamini o‘zgartirishiga zarurat qolmaydi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda yurtimizda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 millionni tashkil qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!